Namoz, tahorat

Assalomu alaykum! Do‘stim bilan koreyada yashaymiz. Ishda o‘qishda qulay bo‘lgani uchun do‘stim paypoqqa maxs tortib namoz o‘qiydi. Sababi dunyo axli ilmlari xususan dr Zakir Nayk xam bu mumkin deganlar. Yaqinda shayx xazratlarining bu oddiy paypoqlarga mumkin emasligini aytganlarini eshitdim. 1. Do‘stimning shu kungacha o‘qigan namozi durustmi yoki qazosini o‘qishi kerakmi? 2. Oyoq yuvishga sharoit qiyin yoki bo‘lmagan o‘rinda namoz qazo qilgandan ko‘ra paypoqqa maxs tortib o‘qib olgan yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahoratda oyoqni yuvish o‘rniga paypoqqa mash tortib o‘qigan namozlarini qazo qiladi.2). Paypoqqa mash tortish hech qachon durust emas. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 206 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar