Kelin borgan xonadonda sudxo‘rlik bo‘lsa
Assalomu alaykum! Bu savolni berishimni xolam iltimos qildi. Xolam qizini bir oilaga uzatdi, xolamning oilasi ibodatda taqvodor namozxon oila edi. Ular qaynuka qaynsingil, qaynota qaynonalari bilan birga yashaydi, qaynota qaynonasi foizga pul oladi va beradi, bankka foizga pul quyadi va aynan ana shu puldan ro‘zg‘orini tebratar ekan. Opamni eri avval ishlar edi lekin topgan pulini alohida qilmas, hamma pul bilan aralashib ketar edi, hozir yangi biznes boshlagan, hozircha foyda yo‘q, eri ishlasa ham ishlamasa ham shu qaynota qaynonasi topgan puldan eydi. Eriga ham qaynona qaynotasiga ham bu pul harom ekanligini va qanday yomonligini tushuntirishning umuman foydasi yo‘q, umuman qabul qilishmaydi. Xolamni qizi qanday yo‘l tutsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda bunday holatda o‘lib qolmaydigan miqdorcha eb turishga ruxsat bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda bunday holatda o‘lib qolmaydigan miqdorcha eb turishga ruxsat bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom