Taxorat va qazo namozi masalasi

Assalomu alaykum! 1) Bir ko‘zim protez, protezni olib yuvib turaman, ko‘zim ichidan suyukliq ajralib chiqadi ko‘pincha (yiring emas).  Shifokorim ziyoni yo‘q ekan deb aytdi. Shu suyuqlik taxoratimni buzadimi? 2) Namozda o‘tirganimda nazarimni ko‘kragimga qaratsam ko‘zim tortishib og‘riydi. Nazarni erga qaratsam joizmi? 3) O‘tmishdagi qazo qilgan namozlarimni xisobini olib mana boshlab xam oldim Alxamdulillax. Qazo namozda niyatni masalan "qazo qilgan peshin namozimni ado etmoqlini niyat qildim.." deb niyat qilaman. Shu to‘g‘rimi? 4) O‘tmishdagi qazo qilgan namozlarni ado etishimda faqat farzlarini va vitrni o‘qiyman, lekin bomdod namozing sunnatichi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Og‘riq orqali chiqsa buziladi. Chunki u o‘sha erda jarohat borligini bildiradi. Og‘riqsiz bo‘lsa zarari yo‘q. 2). Bemalol tizzangizga qaratavering. 3). "Eng oxirgi qazo qilgan peshin namozimni ado etmoqlini niyat qildim" deng. 4). Qazolarni faqat farz bilan vitrniki o‘qiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar