Vino saqlanadigan joy
Assalomu alaykum! Men dizayner bo‘lib ishlayman, bir mijozga uyining dizaynini qilayabman, o‘sha uyning erto‘lasida vino saqlanadigan xona bor, o‘sha xonaning dizaynini qilib berishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Bu borada hadisi sharifda mast qiluvchi ichimlikning iste’molida har qanday yordam bergan yoki sababchi bo‘lgan kishilar la’natlangan. Shuning uchun bundan ehtiyot bo‘lish va yaqinlashmaslik kerak.عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَال: لَعَنَ اللهُ الْخَمْرَ وَشَارِبَهَا وَسَاقِيَهَا وَبَائِعَهَا وَمُبْتَاعَهَا وَعَاصِرَهَا وَمُعْتَصِرَهَا وَحَامِلَهَا وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh xamrni, uning ichuvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, sotib oluvchisini, siquvchisini, siqtiruvchisini, ko‘taruvchisini va ko‘tartiruvchisini la’natladi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Xamr to‘g‘risidagi ogohlantirishlar ichida ushbu hadisi sharifga o‘xshash qattiq hukmga dalolat qiluvchisi bo‘lmasa kerak. Biz, odatda, agar o‘ta dindor bo‘lsak, xamr iste’mol qiluvchiga nafrat qilish bilan kifoyalanib qolamiz. Aslida esa xamrga aloqador barcha shaxslar Alloh taoloning la’natiga qolgan ekanlar. Shuning uchun ularning hammasidan nafratlanishimiz lozim. Ularga nasihat qilib, halol-pok yo‘lga chorlashimiz lozim. («Hadis va hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar