Xaq talabi
Assalomu alaykum Shayx hazratlari! 1987 yildan beri ota uyda (ya’ni otam, onam, ukam, singlim bilan) 4 xonali uyda yashar edik. 1991 yil otamiz vafot etdilar. Ahil-inoq voyaga etdik. Men 2000 yil oilalik, farzandlik, kasblik bo‘lganimda bir kun shunga taqalishini o‘ylab o‘zim harakat qilib, alohida yangi uy olib chiqib ketdim. Yangi uyni Alloh niyatimga yarasha kasbi-korimga baraka berib o‘zi nasib kildi, ya’ni ota uyimdan ketayotganda onamdan, ukamdan va hoqazo xech qanday haq (yordam, hatto qarzga) so‘ramadim, Alloh guvoh bunaqa niyatim ham yo‘q edi, ular o‘zlari ham taklif qilishmadi. Sal keyinroq ukam ko‘chada birovga katta qarz bo‘lib qolib, ota uyimizni sotib yubordi. Men uyga, pulga uncha muhtoj emasman, hamma sharoitlarim, Alohga behisob shukr — yaxshi. Men o‘zim aralashib, ota uyni sotib, qarzdan qolganiga onamga boshqa uy olib berishni xohlayapman, chunki ma’lumotlarga ko‘ra, ukam onamni mening uyimga joylab, qarzidan qolgan pulni o‘z koriga ishlatib yubormoqchi. Ukamning aytishicha, mening ota uyimizda umuman hakkim yo‘q emish, shu to‘g‘rimi? Xullas, pul ukamning qo‘lida yo‘q bo‘lib ketmasligi niyatida, o‘zimning uy-joydan muammoim bo‘lmay, agar o‘sha ota uydan hak talab qilsam, shariatga to‘g‘ri keladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri keladi.
5 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri keladi.
5 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat