Joniga qasd qilibdi

Assalomu alaykum! Ustoz, bir holat yuzasidan maslahatizga muhtojman. Bizning qurilishi tugallanmagan hovli joyimiz bor. Har haftada 1-2 marta undan xabar olib turamiz. Kecha kuni binodan xabar olish maqsadida borganimda 20-25 yoshlar atrofidagi yigit o‘sha binoda o‘zini osib qo‘yganini ko‘rdim. Tabiiyki bu holatdan ozroq qo‘rqdim. Endi biz nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi? U joyga ko‘chib o‘tgandan so‘ng uning ruhi bezovta qilmaydimi? Balki o‘sha uyda Qur’on tilovat qilib savobini uning ruhiga bag‘ishlash kerakdir yoki biror jonliq so‘yib ehson qilish kerakdir? Bu masalada kim bilan maslahatlashishni bilmay sizlarga murojaat qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hech narsa qilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar