Ustoz ursa gunohmi

Assalomu alaykum! Men shahrimizdagi maktablarning birida muallimalik qilaman. Bolalarni jonu dilimdan yaxshi ko‘raman. Birini biridan kam ko‘rmaslikka teng munosabatda bo‘lishga harakat qilaman. Hullas kasbimni sevaman. Maktabda turli xarakterdagi bolalar bor. Bilasiz hozirgi zamonni bolalariga boshqacha yondashuv kerak. Orasida harakat qilsa qo‘lidan keladiyu lekin erinchoqlik qiladiganlari, betgachoparlari bor. Ba’zida xadilaridan oshishsa boshqalarga dars bo‘lsin deb sinfdoshlari oldida yaxshilab quloqlarini burayman. Elkasiga turtib qo‘yaman. Turmush o‘rtog‘im bunday qilishga xaqqing yo‘q gunoh bo‘ladi deydilar. Aytingchi darsimda betgachoparlik va quloqsizlik qilgan o‘quvchimga shunday dakki berishim gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odob berishingiz mumkin. Zahringizni sochmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 174 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar