Ajrashganim maqulmi?
Assalomu alaykum! Bu savolni berayotganimdan o‘zim uyatdaman Insha Alloh Alloh to‘g‘ri yo‘lni shu yo‘l blan ko‘rsatsin menga Men yoshlik paytlarim bilmsizlik qilib zamonaviy oilaga kelin bo‘laman derdim doim va shunday oilaga kelin bo‘ldimki aytganlarimga ming pushaymon edim. Qaynonam nihoyatdda biddiyatchi biror erimga yara chiqsa o‘choq ichiga shamlar yoqadi. Qayniopam xam biz bilan turadi eri 3ta bolasi bor. Eri safardaligi sabab birga yashaymiz eri kelganda xomilador bo‘lib eri yo‘q desa xam qaynonamni gapi bilan xomilasini oldirdi va beetiborlik bilimsizlik oqibatida norasidani olib kelib itlarga edirib yuboribdi. Qaynotam ichkilikka berilgan uyda xam ichadi bolalar nima bu menga xam desa ularga xam ichiradi erim xam shunday inson bu oiladagilar na farzlarni va na sunnatlarni bilishadi Allohga va rasuliga muxabbat xam yo‘q dek go‘yo payg‘ambarimiz shunday qilgan ekan deb payg‘ambar sunnatlarini gapirsam payg‘ambarlariz yo‘q xozir, o‘lib ketishgan deydi. Qaynonam insonni qalbini Allohdan boshqa xech kim bilmaydi ko‘rmaydiku balki men adashyotgandirman gunoxkor bo‘lib yoki biror gunoxlariga sherik bo‘lib qolishdan bolalarim shu tarbiyada katta bo‘layotganidan judda qo‘rqyapman. Menga maslaxat bering Alloh menga shu taqdirni ravo ko‘ribdi deb yashayveraymi yoki ajrashganim maqulmi? Sizni xam shunday savol berib qiyin xolatda qoldirganim uchun uzur lekin menga xam maslaxat kerak iltimos men va farzandlarim uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz farzandlaringizni solih va tarbiyali qilib talim berishga qattiq urining. Oilangiz ichki muhitini biz bilmaymiz. Ajrashish chora emas. Eringizni to‘g‘rilashga harakat qiling. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz farzandlaringizni solih va tarbiyali qilib talim berishga qattiq urining. Oilangiz ichki muhitini biz bilmaymiz. Ajrashish chora emas. Eringizni to‘g‘rilashga harakat qiling. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush