Muddatli to‘lovni kechiktirsa jarima to‘lanishi

Assalomu alaykum! Biron bir to‘lovli xizmat bo‘lsa va agar shu to‘lovni kechiktiradigan holatda unga jarima bo‘lsa(penya) ammo vaqtida to‘lashiga imkoni etsa shu xizmatdan foydalanish joizmi? Chet elga onlayn o‘qishga imtixondan o‘tdim, to‘lov qilib hujjatlarni jo‘natish qoldi. Ammo to‘lov bo‘yicha shartnomada vaqtida to‘lamasa har kuniga qanchadur miqdorda jarima(penya) borakan. Shunga o‘ylanib qoldim bu ribo ku? To‘lovni vaqtida qilishga ko‘zi etsa ham shu joyda o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Siz uchun shartnomadan shu bandni chiqarib tashlashlarini so‘rang. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 21:00 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar