Dadam aroq ichadi onamni uradi

Assalomu alaykum! Meni yoshim 30 da oilaliman o‘g‘lim bor. Ota-onam bilan turaman dadam doim ichadi onamni uradi shu vaziyatda dadamga qanday muomala qilishim kerak? Yomon gapirib yuborib gunoxkor bo‘lishni xoxlamayman, ammo bu vaziyat ancha vaqtdan beri deyarli xar kuni davom etyabdi, onam xam qiynalib ketdi. Dadamni namozga undadim foydasi bo‘lmadi nima qilishga boshim qotgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozlaringizda otangizni haqqiga duoda bardavom bo‘ling, to‘xtamang. Otangizni ko‘nglini og‘ritib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling. Albatta shariatga muvofiq sizga buyurgan ishlarida itoat qilishingiz farzand sifatida vazifangiz hisoblanadi. Ilojini qilib, ichkilikka chalinganlarni davolaydigan shifokorlar bilan maslahat qiling. Allohning izni ila yaxshi bo‘lib qoladilar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar