Juma surasi tafsiri

Assalomu Aleykum! Bizga ma’lumki juma surasi 9-oyatda juma kungi namoz haqida aytilgan. 10-oyatda esa namozdan keyin er yuzi bo‘ylab tarqalib, Allohning fazlidan talab qilib, Allohni ko‘p zikr qilish aytilgan. Tafsiri Hilol kitobida 10-oyatni shunday tafsir qilingan: ma’lumki, avvalgi oyatda Alloh taolo azondan keyin savdoni tark etib namozga shoshilishga buyurgan edi. Endi esa juma namozi tamom bo‘lganidan keyin yana avvalgi holatga qaytish mumkinligini bayon qilmoqda. Hadis va hayot kitobi 11-juzi 1-bobida keltirilgan sharxda esa: Juma surasidagi ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni er yuziga tarqalib halol yo’l bilan rizq topishlariga targ‘ib qilmoqda va bu ishni “Alloh taoloning fazlidan talab qilish” deb nomlamoqda,- deb yozilgan ekan. Savol shundan iborat: shu 10-oyatda faqat juma namozi nazarda tutilganmi, yoki barcha namozlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tafsirlarda ushbu oyatdagi namozdan murod juma namozi ekani aytilgan. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 22:10 | Savol-javoblar | 0 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar