Qurbonlik qilish tartibi
Assalomu alaykum! Qurbonlik qiladigan qo‘y pulini, qurbonlik qilgandan keyin go‘shtini tortib pulini bersa bo‘ladimi? Agar narxini ikkala tomon xam bilmasachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunda qurbonlik ado bo‘lmaydi. Shunday qilganlar o‘rtacha bir qo‘yning qiymatini faqir-miskinlarga sadaqa qilishi vojib. Chunki qurbonlik qiluvchi o‘zining mulkidagi qo‘yni qurbonlik qilishi shart. Hali kimniki ekanligi aniq bo‘lmagan qo‘yni so‘yish joiz emas. gohida o‘shanday qo‘ylar so‘yishdan oldin o‘lib qolmoqda. So‘yuvchi bu seni qo‘ying edi, hali narxi aniqlanmagan edi – desa, qo‘yni egasi singa beranman, u seni qo‘ying edi – deb tortishishmoqda. Pulini tayin qilaylik desa xaridor o‘lgan qo‘yni olgisi yo‘q, sotuvchi voz kechgisi yo‘q. Biror pulga kelishaylik desa qo‘y so‘yilib go‘shti tortilgani ham yo‘q. Ba’zi bir domlalar fiqhiy kitoblarda kelgan “Birovning qo‘yini tortib olgan kishi o‘sha qo‘yni qurbonlik qilsa joiz, evaziga o‘shaning qiymatichani egasiga beradi” degan masalaga qiyos qilishmlqda. Bu qiyos ham noto‘g‘ri, chunki g‘asb qilingan mol g‘asb qiluvchining mulkiga kiradi. O‘zi bo‘lsa o‘zini, o‘zi bo‘lmasa qiymatini to‘lashi zimmasiga vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar