Pulni qadri tushib ketdi

Assalomu alaykum! Bir birodarimga qarz bergandim. U qarzni o‘z muddatiga qaytaraolmadi, natijada pulning kursi tushub kettdi. Vaqtiga ololmaganim uchun men katta ziyon ko‘rdim. Endi shu pulni avvalgi kursga ko‘ra talab qilsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bergan vaqtingizdagi tillaning qiymatini aniqlating va o‘sha qiymatga ko‘ra qarzingizni to‘latib olishingiz mumkin. Shariatimiz pulning qadri tushib ketishi(inflyatsiya)ni tillada o‘lchaydi.  Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar