Xaydovchining haqi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men chet eldan mol import qilaman. Bojxonadan konteynerni rasmiylashtirgach uni olib chiqib ketish uchun yuk mashinasini telefon qilib yolladim. Yuk mashinasi haydovchisi bilan telefon orqali gaplashganimda undan "mashinangizga konteynerni yuklab olib chiqib ketsa bo‘ladimi" - deb so‘raganimda, "bo‘ladi" - deb javob berdi. Ammo bojxonaga kelgach, bojxonadagilar "bu mashinada konteynerni olib ketish uchun moslama yo‘q shuning uchun yuklay olmaysan" - deb aytishdi. Men bu gapni haydovchiga aytganimda u "men 20km yo‘l bosib keldim, qaytish uchun yana shuncha yo‘l bosishim kerak, quruq qaytayotganim uchun manga 200000 so‘m berasan" - dedi. Men esa "bermayman chunki seni mashinang konteynerni olib ketishga mo‘ljallanmagan ekan" - dedim. "Sendan konteyner yuklay olasanmi deb so‘raganimda sen "ha" deb javob bergan eding" - dedim. Haydovchi bo‘lsa meni qarg‘ab ketdi. "Noroziman, Allohdan qo‘rqmaysanmi" - degan gaplarni aytdi. Iltimos maslahat beringlar men nima qilay? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo siz aytingchi o‘sha moslamani yo‘qligi bojxonani o‘zini o‘ylab topgan narsasimi yoki xaydovchilardan talab qilinadigan xavfsizlik chorasimi? Xaydovchi buni biladimi? Boshqa vaqtlar ham shunday talablar bo‘lganmi? Avval konteyner yuklangan, bu narsa talab qilinmagan bo‘lsa ko‘nglini qoldirmaydigan ish qilishingiz kerak. Agar bu xaydovchining beparvoligi bo‘lsa qarg‘ishi o‘rinsiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar