Birovdan qo‘y olib boqib sotish

Assalomu alaykum! Bizning qo‘shni qishloqda qo‘ylari ko‘p bir cho‘pon bor. O‘sha cho‘pon odamlarga qo‘y tarqatadi, ya’ni sotadi. U cho‘pondan qo‘ylarni baxolashib, pulini 7-8 oy 1 yilda berishga kelishilar ekan. Biz xam xuddi shunday qilib o‘sha cho‘pondan qo‘y olmoqchimiz. Savolim shuki, biz xam xuddi shunday kelishilgan xolda qo‘y olib boqib, aytilgan vaqtiga qo‘ylarni sotib, kelishilgan pullarni bersak, bizga qolgan foyda xolol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘yni nasiyaga olish haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz pulini bir yil yoki qanchadir muddatda berish sharti bilan qo‘y olish joiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar