Qazo xisoblanmaydimi
Assalomu alaykum! Yaqinda bir tanishim quyidagi gapni aytdi. Agar, masalan asr namozini vaqtida o‘qiy olmasamu lekin shomgacha o‘qishga ulgursam qazo xisoblanmas ekan, yani o‘sha payt niyatni qazo namozi deb qilmas ekanman. Savolim shuki bu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir namoz vaqtining avvali va oxiri belgilab berilgan bo‘lib, shuning ichida o‘qilsa namoz durust bo‘ladi. Agar shu vaqt ichida o‘qilmay o‘tkazib yuborilsa namoz qazo bo‘ladi. Asr namozining vaqti har bir narsaning soyasi ikki barobar bo‘lganidan to quyosh botgunichadir. Ammo quyosh o‘zgarib ko‘zni qamashtirmaydigan vaqtgacha asrni kechiktirilsa namoz makruhlik bilan durust bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 160 | Namoz