Koreya oshxonalarida ishlab pul topish

Assalomu alaykum! Hozir Koreya shahrida o‘qib, ham ishlayman. Ishlaydigan joyim koreys oshxonasi bo‘lib, u erda men faqatgina tovuqni qovurib beraman. Bo‘sh vaqtlarimda stolni tozalashga ham yordam berib turaman. Bu oshxonada deyarlik cho‘chqa go‘shti yo‘q. Faqatgina cho‘chqa go‘shti qo‘shilgan sosiska bor. Spirtlik ichimliklarni sotadi. Lekin asosiy daromadi tovuqdan deb aytgan. Bir do‘stim “oshxonada ishlamagin, yaxshi harom narsani etkazib beruvchi ham gunohkor bo‘p qolishi mumkin” deb Qur’ondagi qaysidur oyatida shunday kelgan dedi. Keyin guruhimizda o‘qiydigan bir arab qiz esa “spirtlik ichimliklarga va harom narsalarga qo‘l tekkizmasdan ishlasang bo‘ladi” deb aytdi. Yana bir do‘stim “biz musofirchilikdamiz Allohni O‘zi kechirsin deb ishlayverish kerak” deb aytdi. Bu erda bunga o‘xshagan oshxonalarda ishlaydigan vatandoshlarimiz juda ko‘p. Meni so‘ramoqchi bo‘lgan narsam u erda ishlasak bo‘ladimi? Va topgan pulimiz halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Topganingizni harom deb bo‘lmasada, harom ishlarga yordam bersa, halol emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar