Qarzni inflyatsiyasi
Assalomu alaykum! Mendan bir kishi 2013 yilda so‘mda 60 000 000 so‘m qarz edi. O‘sha paytda shu pulga 18000 $ olsa bo‘lar edi. Hozirgi kunda 60 000 000 so‘mga 7800 $ olsa bo‘ladi. Dollarga hisoblaganda men ham qarz berib, ham yutqazayapman. Endi qarzni qaytarib olishda men shariatimiz hukmiga ko‘ra so‘m olaman. Men ziyondamanku. Shariatimizda “la zarara vala zirora”, degan qoida mavjud. Men bu qoidaga tushmayapmanku. Menga nisbatan adolatsizlik emasmi bu? Inflyatsiyani hisoblab dollarga chaqib olish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qarz bergan kuningizda 60 millionga qancha gramm tilla kelsa o‘shancha tilloni yoki qiymatini olishingiz mumkin. Shariatda buni pulni kasodga uchrashi deb aytilinadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat