Qarzni kim to‘lashi kerak?
Assalomu alaykum! 22 yil oldin onam tog‘amning iltimosi bilan qarzga, birga ishlaydigan odamdan 700.000 so‘m (ya’ni o‘sha davrda bitta Neksiyani) pulini olib bergan. Tilxat xam yozib bergan tog‘am ikki haftada qaytaraman deb. Shu kungacha qarzini bergani yo‘q, chunki imkoni ham yo‘q. Mana olti yildirki onam zo‘rg‘a ishlab, emay-ichmay 3000 dollar qilib to‘ladi. Endi ular “qolganiniyam qilib berasiz, ya’ni bitta Neksiyani pulini” deb turib olishgan. Lekin u pulni onam bir tiyinini ham ushlamagan ham. O‘rtada turgani uchun uzib kelmoqda. Onam riboga yo‘q qo‘ymayaptimikin? Axir so‘mda olishganku? Qanday va qancha to‘lashimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha olgan paytda 700.000ga necha gramm tilla keladigan bo‘lsa o‘shancha gramm tillaning o‘zini yoki qiymatini so‘mda to‘lashi shart. Bergan 3000 puli shunga to‘g‘ri kelsa, qarzini o‘tagan bo‘ladi. Bunday holatni pulning kasodga uchrashi deb aytiladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar