5 kecha qilish haqida

Assalomu alaykum! Men farzand ko‘rish arafasida edim. Inshaa Alloh farzand ko‘rdim, farzandga 5 kecha qilish uchun azgina pul yig‘ib qo‘ygan edim. Endi shu pulimni 5 kecha qilsam qo‘y so‘ya olmas ekanman. Qo‘y so‘ysam 5 kecha qilolmayman. Shunga 5 kecha o‘zi manimcha yo‘q narsa, xotinlarni o‘zini o‘ylab topgan o‘yini bo‘lsa kerak. Shunga qo‘y olib so‘yib, qurbonlik singari 3ga taqsimlab tarqatsam, shuni o‘zi etarlimi? Odamlarning gapi o‘z yo‘liga, men shariat nima desa shunga amal qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aqiyqa deb niyat qilib qo‘y so‘ying va qurbonlikdagi kabi taqsim qiling. Siz aytgan 5 kecha degan narsa shariatda yo‘q va uni tark qilish vojib. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar