G‘usl qilinadimi

Assalomu alaykum! Men 25 yoshdaman. Uylanmaganman, ko‘z zinosidan va faxsh kinolardan uzoqda yurar edim lekin nimadir bo‘layapti faxshga yaqin va behayo kino ko‘rayapman tavba qilib yana biroz vaqtdan keyin yana bo‘layapti bu hol o‘sha vaqtda shaxvat uyg‘onib zakardan maziy chiqayapti shu vaziyatda g‘usl vojib bo‘ladimi? Hayolimda ko‘p aylanadigan bo‘lib qoldi qanday qutilsam bo‘ladi maslahat beringsizlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shahvat qo‘zg‘agan vaqtda chiqqan maziyga g‘usl qilinmaydi. Siz iloji boricha tezroq uylaning, imkoningiz bo‘lmasa ro‘za tuting. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 142 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar