Pulli chek sotish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Paynet shaxobchasidan pullik chek (vaucher) chiqarib berishadi. Bu xuddi kartochkaga o‘xshash, kod teriladi chekda yozilgan pul tushadi. Bizga paynet uzoqligi uchun men o‘sha vaucherni paynetdan olib kelib qishloqda sotaman. Ko‘proq olsam, misol uchun 30 ta 1000 so‘mlik chek olsam 28500 so‘mga beradi. Ba’zida 30000ga beradi. Men 1000 so‘mlik chekni 1200 so‘mga sotaman. Shu savdo ribo bo‘lmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ribo bo‘ladi. Agar vaucher cheklarni odamlardan buyurtma olib, oldindan ularga "shu cheklarni sizlar uchun olaman va olib kelib bergan xizmatim evaziga foyda olaman" deb kelishsagina joiz. Bunda chekni sotgan bo‘lmay, olib kelish uchun ijarachi sifatida bo‘ladi. Go‘yoki kimnidir narsasini olib kelib bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom