Kreditini to‘lab zakot berish

Assalomu alaykum! Meni yaqin do‘stimni bank kreditini qarzi bor. To‘lashga qiynalib yuribdi. U uchun bankka to‘lov qilish orqali zakot bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Birinchidan zakotni tamlik qilib beriladi. Ya’ni qo‘liga mulk qilib berish kerak. Olgan odam o‘zi xohlagan holatda tasarruf qilishga imkoni bo‘lishi kerak. Ikkinchidan siz oldin do‘stingizga ribo harom ekanligini va bu ish katta gunohligini tushuntiring. U tavba qilib nadomat cheksa, o‘sha qarzini aslini yopishga ishlatishi uchun zakot bersangiz bo‘ladi. Uni ham yuqorida aytilgandek tamlik qilib berasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:34 | Savol-javoblar | 168 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar