Ko‘rsatilgan xizmatdan zakot
Assalomu alaykum! Bizning korxona transport xizmatlarini ko‘rsatadi. Ko‘rsatgan xizmatimiz uchun mijozlardan ma’lum miqdorda haq olinadi. Olingan pulning bir qismi xarajatlarni qoplashga sarflanadi (xorijdagi hamkorlarga o‘tkaziladigan to‘lovlar va h.k.). Bir qismi foyda sifatida qoladi. Bunday holatda zakot qanday chiqariladi? Korxonaning umumiy aylanmasidanmi yoki qolgan foydadanmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Korxona shaxsiy bo‘ladi yoki hissadorlarniki bo‘ladi. Shaxsiy bo‘lganda mulk egasi dastgoh, kerakli asboblardan tashqari korxonaning byudjetidan va iste’mol uchun keltirilgan xom-ashyolar uchun zakot ajratadi. Hissadorlik shaklida bo‘lsa uni har bir hissa egasiga bo‘lib chiqiladi va hissa egalari o‘zlari zakot ajratadilar. Korxonangizni ish faoliyatini aynan qandayligi haqida to‘liqroq ma’lumot bering. Ko‘riladigan foyda kimlarning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 157 | Zakot