Ona roziligi

Assalomu alaykum! Domda yashayman, dadam olamdan otgan akam uylanib chiqib ketgan, onam, singlim 3 kishimiz uyning erkagiman, uyimizga ayol qo‘shnilar kirib turishadi, juda xam ko‘p kirganidan yomon ko‘rib qolganman, ertaman kirib kechki payt chiqib ketishadi qo‘shnichilik unchalik bo‘lmasa kerak. Axir meni oldimda uyatmay yotvoladi xam kerak bo‘lsa, savolim ko‘chadan kirsam yana kirgan edikan. Men ular bilan so‘rashmadim, chiqib ketganidan keyin onam jaxli chiqib salom berishing kerak edi, endi shularga salom bermasen ikki dunyo rozimasman dedi. Menga oq tushmadimi? Nima qilsam bo‘ladi bunday xolatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oqq tushmagan. O‘sha ayollarni erlari yoki mahramlariga vaziyatni tushuntiring. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:06 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar