Qaynona kuyov mahram

Assalomu alaykum! Bir test savolining to‘g‘ri javobida qaynona va kuyovning qo‘l berib ko‘rishishi mutlaqo joiz emas, harom deyilgan. Bir birodarimiz, unaqa emas, ular mahram, ko‘rishsa bo‘laveradi, dedilar. Shayximiz rohimahullohning shu boradagi savolga javoblarida, "yaxshimas" deyilgan ekan, u birodar "yaxshimas" degani harom degani emas deyaptilar. Shariatning hukmi nima? Alloh sizlarni salomat qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisidan ham jon bor. Aslida ikkisi bir-biriga mahram. Ammo o‘sha qo‘l berib ko‘rishganda ikkisidan birotasining shahvati qo‘zg‘alsa ayoli kuyoviga abadiy harom bo‘ladi. Buni shariat tilida hurmati masoharot deyiladi. Afsuski qaynonasini qo‘lini ushlash mazali ekanligini aytgan yigitlar ham uchradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar