Ozuqa qo‘shimchalari halol yoki xarom?
Assalomu alaykum! Internetdan ozuqa qo‘shimchalari degan bir tablitsa topdim - xalol, mashbux, makrux va xarom bo‘linmalardan iborat. Unga ko‘ra, juda ham ko‘p mashbux bo‘limida bo‘lgan qo‘shimchalar, biz xar kuni ist’emol qiladigan maxsulotlar tarkibida mavjud. Savol: mashbux bo‘lgan ozuqa qo‘shimchalarni ist’emol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashbuh – shubhali narsalardan imkon darajasida uzoq bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Chunki hadisi sharifda shunday deyiladi: عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْحَلاَلَ بَيِّنٌ وَإِنَّ الْحَرَامَ بَيِّنٌ وَبَيْنَهُمَا مُشْتَبِهَاتٌ لاَ يَعْلَمُهُنَّ كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ فَمَنِ اتَّقَى الشُّبُهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِينِهِ وَعِرْضِهِ وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ وَقَعَ فِي الْحَرَامِ كَالرَّاعِي يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى يُوشِكُ أَنْ يَرْتَعَ فِيهِ أَلاَ وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى أَلاَ وَإِنَّ حِمَى اللهِ مَحَارِمُهُ أَلاَ وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ أَلاَ وَهِيَ الْقَلْبُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, halol ochiq-oydindir. Albatta, harom ochiq-oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning ko‘plari bilmaslar. Bas, kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu xuddi qo‘riqxona atrofida (hayvon) boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. Undan o‘tlab qo‘yishi oson.
Ogoh bo‘lingkim! Albatta, har bir podshohning o‘z qo‘riqxonasi bordir.
Ogoh bo‘lingkim! Albatta, Allohning qo‘riqxonasi Uning harom qilgan narsalaridir.
Ogoh bo‘lingkim! Albatta, jasadda bir parcha go‘sht bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur.
Ogoh bo‘lingkim! O‘sha narsa qalbdir», dedilar».
Sharh: «Albatta, halol ochiq-oydindir».
«Halol» so‘zi lug‘atda «tugunni echish» ma’nosini bildiradi.
Shariatda esa, haromlik tuguni echilgan, ya’ni, haromlik sifati yo‘q narsaga halol deb aytiladi. Chunki harom narsaning man qilish tuguni bo‘ladi. Halol narsada ana o‘sha tugun bo‘lmaydi.
Hadisi sharifda halol ochiq-oydindir, deyilishi juda keng ma’noni anglatadi. Avvalo, nimalar halol ekani ochiq-oydin: suv, sut, meva suvlari kabi ichimliklar, non, meva, poliz ekinlari, Allohning ismi aytib so‘yilgan halol hayvonlar go‘shtlari, ruxsat berilgan kiyimlar va nikohga olingan ayollar haloldir.
Qolaversa, ushbu narsalarga ishonchli, shariatda ruxsat berilgan yo‘l bilan ega bo‘lish lozim. Halol kasb deganda, aynan shu ma’noda, ya’ni, halol narsaga halol yo‘l bilan ega bo‘lish haqida gap bormoqda. Bu holat ham ochiq-oydin, uni hamma biladi. Halol mehnat, meros, hadya, ikki taraf roziligi bilan bo‘lgan tijorat tufayli qo‘lga kirgan mulk halol bo‘ladi. Bu oddiy haqiqatni bilish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rishning keragi yo‘q. Musulmon odam uchun halol narsani talab qilish, haloldan molu mulk topish farz hisoblanadi. Ulamolarimiz ushbu hadisi sharif ba’zi bir johillarning dunyoda suv va nabototdan boshqa halol narsa qolmadi, deyishlariga raddiyadir, shubha va haromning doirasini kengaytirish johillik va ilmsizlik alomatidir, deganlar.
O‘tgan dalil va hujjatlardan kelib chiqib, ulamolarimiz o‘ziga haromlik sifati ilashmagan va kasb qilish sababiga harom yoki makruh ish aralashmagan narsani mutlaq halol, deb ta’riflaydilar.
Demak, musulmon kishi o‘zi halol bo‘lgan narsani shariatda halol qilingan yo‘l bilan topib foydalanishi kerak.
«Albatta, harom ochiq-oydindir».
Ya’ni, maxfiy yoki bilib olish qiyin narsa emas.
«Harom» lug‘atda man qilishni anglatadi.
Shariatda esa, hech qanday shubhasiz, ochiq-oydin ravishda man qilingan narsa haromdir.
Buni ham bilib olish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rishning keragi yo‘q. Aroq, najosat tushgan suv kabi ichimliklar, cho‘chqa go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti, erkak kishilarga ipak kiyimlar va nikohida bo‘lmaganlar ila jinsiy aloqada bo‘lish kabilar haromdir.
Shu bilan birga, o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan yo‘l bilan ega bo‘lsa, ular ham haromga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘g‘rilik, riboxo‘rlik, aldamchilik, poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qancha pok bo‘lsa ham, topuvchiga haromdir.
Shuning uchun ham ulamolarimiz mutlaq haromni, o‘zida haromlik sifati bor yoki man qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir, deb ta’rif qiladilar. Musulmon kishi uchun haromdan hazar qilish farzdir.
«Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir».
Ya’ni, halol bilan harom orasida shubhali narsalar bordir.
«U (shubhali) narsalarni odamlarning ko‘plari bilmaslar».
Bundoq narsalarni shariat ilmlarini puxta biladigan ulamolargina biladilar.
Demak, ba’zi narsalarning halolligi ham, haromligi ham ochiq-oydin bilinmaydi. Halol, deyin desa, haromga o‘xshaydi, harom, deyin desa, halolga o‘xshaydi. Bundoq narsalarni shubhali narsalar, deyiladi. Asosiy mushkul xuddi shu narsalardadir.
«Shubha» so‘zi lug‘atda «o‘xshash» ma’nosini bildiradi. Ya’ni, shubhali narsa o‘zidan boshqa narsaga o‘xshashdek tuyuladi. Uning aniqligi yo‘q bo‘ladi.
Ulamolarimiz halol va harom bobidagi shubhali narsani ikki xil e’tiqodni taqozo qiluvchi ikki narsa sodir bo‘lgani uchun ikki xil e’tiqodga sazovor bo‘lgan narsa shubhali narsa, deyiladi, deganlar.
Demak, shubhali narsalar bir necha xil bo‘ladi:
1. Bir narsaning halolligi haqida bir tomondan, haromligi haqida ikkinchi tomondan dalil kelgan bo‘lsa, ulardan qaysi biri oldin ekanligi bilinmasa, u shubhali narsa bo‘ladi.
Bunga ulamolarimiz kelajakda o‘rganiladigan «Muxobara» nomli muomalani misol qiladilar.
2. Shariatda hukmi bayon qilingan bo‘lsa ham mash¬hur bo‘lmagani uchun ko‘pchilik bilmaydi.
Misol uchun, «zobb» nomli kaltakesakdan katta, echkiemardan kichik hayvon halol, ammo o‘sha hayvon yashamaydigan joylarda buni ko‘pchilik bilmaydi.
3. Umumiy ma’no yoki qiyosdan olinadigan hukm bo‘lib, ulamolar turlicha tushungan narsalar.
4. Shariatda mubohligi yoki muboh emasligi haqida hukm kelgan, ammo vaqtinchalik yoki doimiy ekanligi haqida ixtilof bor narsalar.
Yovvoyi eshak, xachir va otga o‘xshash bu narsalarning hukmini, halol yoki haromligini mujtahid ulamolar oyat, hadis, ijmo‘, qiyos va boshqa fiq¬hiy qoidalar bilan solishtirib o‘rganib chiqadilar. So‘ngra halol yoki harom ekanligi haqida hukm chiqaradilar. Shundan keyin u halollik yoki haromlik sifatini oladi. Yuqorida keltirilgan fikrlar mazkur hayvonlarning zotidagi halollik yoki haromlik haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi.
Ammo zoti halol narsani biror kishiga halol mulk bo‘la olishiga tegishli shubhalar ham bir necha xil bo‘ladi:
Birinchi xili, halol yoki harom qiluvchi sababda shubha paydo bo‘lishi.
Misol uchun, bir odam asli halol qushga o‘q otdi. Bu xildagi ovlangan qush aslida halol bo‘ladi. Lekin otilgan qush suvga tushsayu, ovchi uni suvdan olib chiqqanda o‘lgan bo‘lsa, shubha bo‘ladi. Qush otilgan o‘q bilan o‘ldimi yoki suvga tushib bo‘g‘ilib o‘ldimi, bilib bo‘lmaydi. Ulamolar bu va bunga o‘xshash shubhali holatlarga haromlik ustun ekaniga fatvo chiqarganlar.
Bundoq shubhalar, ayniqsa, halol bilan haromning aralashib ketishidan kelib chiqadi. Misol uchun, bir dona harom o‘lgan hayvon go‘shti bitta yoki o‘nta halol yo‘l bilan so‘yilgan hayvonlarning go‘shtiga aralashib ketsa, hamma go‘sht shubhali bo‘lib qoladi. Harom go‘shtni ajratib olishning imkoni bo‘lmagani uchun mazkur bir yoki bir necha ma’lum hayvon go‘shti ham harom, deb e’lon qilinadi.
Yana bir misol. Bir yigitning emikdosh singlisi bor, unga uylanishi shariat hukmi bo‘yicha harom. Lekin o‘sha qiz kim ekanligi aynan ma’lum emas. Faqat beshta-o‘nta yoki ma’lum adad qizlardan biri ekanligi bilinadi, xolos.
Shu holatda shariat harom qilgan kishini nikohlab olish shubhasi tug‘iladi va adad chegaralangan bo‘lganidan, shubhadan qochib, ularning birortasiga ham uylanmaslik vojib bo‘ladi.
Ikkinchi xili, chegaralangan harom narsa chegaralanmagan halol narsaga aralashib ketishi. Bu holda ham shubha hosil bo‘ladi. Lekin katta mushkullik e’tiboridan shariat bundoq holatlarda halollikni g‘olib hisoblaydi.
Misol uchun, o‘zi bilan emikdosh bo‘lgan qiz shaharning qizlaridan biri ekanini yaxshi biladi. Ammo kim ekanini bilib bo‘lmaydi. Shu sababdan hamma ayollarni unga harom deb e’lon qilinmaydi, balki xohlaganiga uylanaveradi. Ulamolar ittifoqi shundoq.
Shuningdek, molu dunyoga harom aralashgani ma’lum, lekin o‘sha haromning anig‘i noma’lum. Shuning uchun oldi-sotdi yoki emoq-ichmoqni tark qilish vojib bo‘lmaydi. Bundoq bo‘lsa, kishilar katta tang¬likda qoladilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar vaqtlarida riboxo‘rlik, o‘g‘irlik sodir bo‘lgan, ko‘p molu mulkka aralashib ketgan, lekin pul muomalasi yoki o‘g‘irlangan narsalar jinsidan bo‘lgan ashyolarni sotib olish man qilinmagan. Ulamolarimiz bunga o‘xshash narsalarni so‘rab-surushtirib, chetlashga urinish vasvasadir, deydilar.
Uchinchi xili, chegaralanmagan harom chegaralanmagan halolga aralashib ketishi. Bunday paytda haromligiga hujjat-dalil bo‘lgan narsanigina harom, deb aytiladi. Boshqa narsalar halollik hukmini oladi. Chunki shariat hukmi bo‘yicha aslida mollar haloldir. Kishilardagi fisq g‘olibdir. Shariat qoidasi bo‘yicha asl bilan g‘olib to‘qnashib qolsa va g‘olibning aniq belgisi bo‘lmasa, asl ustun keladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar davrida haromdan topilgan mol-dunyo, riboxo‘rlik foydasi, o‘ljadan berkitib olingan narsalar, ba’zi talanib olingan mollar aralashib ketgan. Hech kim, mazkur narsalarning harom holida halol mollarga aralashib ketishiga qaramay, bozorni yopishga yoki oldi-berdi qilmaslikka amr qilmagan.
Hazrati Umar roziyallohu anhu nasroniy ayolning idishidan tahorat qilganlar. Sahobai kiromlar g‘ayridin yurtlardan keltirilgan kiyim-kechak va boshqa matolarni sotib olib ishlatar edilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, shubhali narsalarda etuk olim kishilardan so‘rab olib tasarruf qilish kerak bo‘ladi. Alloh taologa shukrlar bo‘lsinkim, o‘tgan mujtahid olimlarimiz bundoq masalalarni juda ham yaxshilab hal etib, kitoblarga yozib ketganlar.
Hozirgi ulamolar o‘sha kitoblardan foydalangan holda javob berishlari oson. O‘tgan vaqtlarda mavjud bo‘lmagan masalalarni esa, Islom fiqhi majma’laridagi ulamolar hal qilmoqdalar.
«Bas, kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘yi uchun poklangan bo‘ladi».
Ya’ni, halolligida shubha bor narsadan saqlangan odam dini va obro‘yini poklagan bo‘ladi. Shuning uchun muayyan shubhali narsadan uzoqda bo‘lishi kerak.
Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «O‘zingni shubhaga solgan narsani tark et, o‘zing¬ni shubhaga solmagan narsani ol!» degan gaplari qoidadir.
Shubhali narsaga nisbatan munosabat bir necha xil bo‘ladi:
1. Vojib.
O‘ziniki yoki o‘zganiki ekani aniq bo‘lmagan molni olmaslik.
2. Mustahab.
Molining ko‘pi harom bo‘ladigan odam bilan muomala qilmaslik.
3. Makruh.
Alloh taolo ruxsat bergan narsalarni va hadislarni olmaslik.
Imom Buxoriy va Imom Termiziylar rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:
«Uqba ibn Horis Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga men bir xotinga uylangan edim, bir qora ayol kelib, men bilan xotinimni emizganini da’vo qilmoqda, u yolg‘onchi», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuzlarini o‘girib oldilar. U o‘z gapini u Zotga ikkinchi bor qaytardi. Shunda u Zot: «Qandoq qilib?! Axir, u (ayol) ikkovlaringizni emizganini da’vo qilib turibdi-ku? Uni taloq qil!» dedilar. Shubha tushgani uchun shundoq qildilar.
Lekin shubhaning ham chegarasi bor. Bo‘lishi qi¬yin narsalarni o‘ziga faraz qilib, turli xayollar bilan turli shubhalar qilishni vasvasa, deyiladi.
Ulamolarimiz bundoq vasvasaga bir qancha misollar keltiradilar. Bu yurtda mening qarindoshlarim o‘tgan ekan, shu erdan uylansam, bilmay qarindoshimga uylanib qo‘ymay, deb butun boshli bir yurtdan uylanishni tark qilish, ochiq joydagi suvni najosat tushgan bo‘lishi mumkin, deb ishlatmaslik, biror kiyimni mening qo‘limga tushishidan oldin najosat tekkan bo‘lishi mumkin, deb yuvishga o‘xshash ishlar shular jumlasidandir.
Imom Qurtubiy bundoq ishlar parhezkorlik emas, shaytoniy vasvasadir. Chunki bularda shubha ma’nosidagi hech narsa yo‘q. Bundoq narsalarning sodir bo‘lishi shariatni bilmaslikdan kelib chiqadi, deydilar.
Imom Haramaynning otalari Imom Abdulloh ibn Yusuf al-Juvayniyga yangi kiyimni bo‘yash, quritish vaqtida erga tushishi bor, najosat tegishi bor, deb yuvib tashlab kiyadigan kishilar zikr qilindi. U kishining qattiq achchiqlari chiqdi va:
«Bu xorijiylarning tariqatidir! Ularni Alloh taolo noo‘rin joyda tashvish qilish va ehtiyot bo‘ladigan joyda beparvo bo‘lish balosiga uchratgan. Buni qiluvchi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning, sahoba va tobeinlarning ishiga e’tiroz qiluvchidir. Chunki u zotlar yangi kiyimni yuvmasdan kiyar edilar. Ularning asrlaridagi kiyimning holi bizning asrimizdagi kiyimning holi kabi edi. Agar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘sha ki¬yimlarni yuvishga amr qilgan bo‘lsalar maxfiy qolmas edi», dedilar.
Albatta, bu shakldagi vasvasaga berilish Islom shariati ruhidan uzoq narsadir. Lekin muayyan shub¬hali narsalardan ehtiyot bo‘lish zarur. Shuning uchun ham hadisi sharifning davomida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu narsaga alohida e’tibor bermoqdalar:
«Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi».
Ya’ni, halolligida shubha bor narsalarni olib, eb-ichib, ishlatib yurgan odam haromga tushishi turgan gap. Chunki:
«Bu xuddi qo‘riqxona atrofida (hayvon) boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. Undan o‘tlab qo‘yishi oson».
«Qo‘riqxona» deganda Islom davlati boshlig‘i tomonidan jihodga miniladigan va davlat mulki hisoblanadigan hayvonlarni boqish uchun ajratib, chegaralab qo‘yilgan yaylovga aytilgan. U davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Kim o‘sha yaylovda o‘z hayvonini boqsa, qoidani buzgan hisoblanadi va jazoga tortiladi.
Tabiyki, mazkur qo‘riqxonaga eng yaqin joyda hayvon boqqan odamning hayvonlari qo‘riqxonaga tushishi va undan o‘tlab qo‘yishi juda ham oson. Chunki eng yaqin joyda turibdi, bir harakat bilan qo‘ymi-molmi yoki boshqa hayvonmi qo‘riqxona o‘tidan eyishi va egasi javobgar bo‘lib qolishi hech gap emas.
Shubhali narsalarga yaqin yuradigan odamning holi ham xuddi shundoq. Xohlagan lahzada, o‘zi bilmay qolib, haromni olib, eb yoki muomalaga kiritib qo‘yishi mumkin.
Oqibatda obro‘yi to‘kilib, diniga putur etishi hech gap emas. Shuning uchun ham dinini, obro‘yini pok holda saqlash niyatida bo‘lgan kishi shubhali narsalarga umuman yaqinlashishi kerak emas.
Xuddi shu ma’noni yana ham kuchliroq ta’kidlash maqsadida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana boshqa bir misol keltiradilar:
«Ogoh bo‘lingkim! Albatta, har bir podshohning o‘z qo‘riqxonasi bordir».
O‘sha qo‘riqxonada podshohning hayvonlaridan bosh¬qa har qanday hayvonning yurishi qat’iyan man qilingan. Ushbu qoidani buzgan odam esa, tegishli jazoga tortilgan. Podshohning jazosidan qo‘rqqan odam qo‘riqxonaga o‘zi ham yaqinlashmaydi, hayvonini ham yaqinlashtirmaydi. Ehtiyot bo‘lmagan odam esa podshohning jazosiga tortilishi hech gap emas.
«Ogoh bo‘lingkim! Albatta, Allohning qo‘riqxonasi, Uning harom qilgan narsalaridir».
Ya’ni, Alloh taolo harom qilgan narsalari xuddi podshohning qo‘riqxonasiga o‘xshaydi. Kim o‘sha harom qilingan narsalarga yaqinlashsa, uning haromga yo‘liqishi osonlashadi, harom ishni qilgan odam esa, Uning jazosiga uchraydi. Harom ishni qilgan odam uchun ikki dunyoda ham turli-tuman jazolar bordir.
Harom narsalarni egan, ulardan foydalangan kimsalarga bu dunyoda sog‘liklari buzilishi, turli balo-ofatlarga giriftor bo‘lishi hamda oxiratda o‘ziga yarasha og‘ir jazolar tayin qilinishi muqarrar.
Harom yo‘ldan mol topganlarga ham qo‘llarini kesish va boshqa turli tan jazolari bilan birga, balo-ofatlarga yo‘liqish, ibodati va duosi qabul bo‘lmaslik kabi ruhiy-ma’naviy jazolar bor. Oxiratda esa do‘zax azobi bo‘lishi turgan gap.
«Ogoh bo‘lingkim! Albatta, jasadda bir parcha go‘sht bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur. Ogoh bo‘lingkim! O‘sha narsa qalbdir».
Bu iqtibosda «solih» so‘zi «buzuq» so‘ziga qarama-qarshi ma’noda ishlatilganiga e’tibor berishimiz kerak.
Ushbu jumlalarda qalbning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati bayon qilinmoqda.
«Qalb» deb lug‘atda «bir narsani ag‘darishga» nisbatan aytiladi. U bir xilda turmay u yoq-bu yoqqa ag‘darilib turgani uchun ham «qalb» deb atalgan. Islom tushunchasi bo‘yicha qalb ikki xil: zohiriy va botiniy bo‘ladi.
Zohiriy qalb ko‘krakning chap tomonida joylashgan konus shaklli go‘sht parchasidir. U insonning zohiriy – jismoniy qismiga jon vazifasini o‘taydi.
Botiniy qalb esa, nuroniy, latif, biluvchi narsa bo‘lib, insonni inson qiluvchi narsa ham o‘shadir.
U insonning aqliy, ruhiy-ma’naviy hayotida jon vazifasini o‘taydi.
Qalbni bizning tilimizda «yurak» ham deyiladi. Ushbu hadisi sharifda ta’kidlanishicha, qalb insonning yomon yoki yaxshi bo‘lishi uchun asosiy omil bo‘lar ekan. Uning yomon yoki yaxshi bo‘lishi esa, halol va haromga bog‘liq.
Ushbu haqiqat qadim zamonda faqat ruhiy-ma’naviy jihatdan tushunilgan. Haromxo‘rlik qilgan odam gunohkor bo‘lishi va oxiratda do‘zaxga tushishi ma’nosidagina tushunilgan.
Hozirgi kunda esa, yurak jismimizni hayotda va sog‘likda tutib turadigan narsa sifatida bilinadi. U ishlab tursa, jismda hayot bo‘ladi, u sog‘lom bo‘lsa, jism ham sog‘lom bo‘ladi, u xasta bo‘lsa, jism ham xasta bo‘ladi, deb fikr qilinadi.
Aslida esa, hadisdan ushbu ikki tushunchaning umumlashtirilgan ma’nosi tushunilmog‘i lozim.
Ilmiy ravishda sobit bo‘lishiga qaraganda, Islom shariatida harom qilingan narsalarni taom sifatida tanovul qilgan odam xastalikka chalinar ekan. Chunki Islom zararli narsalarni harom qilgan. Harom narsa iste’mol qilingandan so‘ng tanda qonga aylanadi. Yurak esa, qon haydaydigan a’zodir. Zararli narsalardan paydo bo‘lgan zararli qon yurakning xastalanishiga sabab bo‘lishi esa, ilmiy haqiqatdir. Yurak xasta bo‘lgandan keyin esa, hadisi sharifda aytilganidek, jismning hammasi buzuq bo‘ladi.
Xuddi shu holat botiniy qalbga nisbatan ham hosil bo‘ladi. O‘g‘rilik, poraxo‘rlik, riboxo‘rlik, aldamchilik, bosqinchilik kabi harom yo‘llar bilan o‘ziga mol-mulk topgan odamlar gunohkor bo‘ladilar. Mazkur gunohlar zarari esa, ularning botiniy qalblarini xasta qiladi. Harom¬xo‘rlik davom etaversa, ma’naviy xastalik borib-borib, ma’naviy o‘limga aylanadi.
Shuning uchun ham qalb jismga nisbatan podshoh kabidir, deyiladi. Podshohdan yaxshi amr chiqsa, fuqarolarga yaxshi bo‘lganidek, yurakdan yaxshi niyatlar chiqsa, jismning boshqa a’zolariga yaxshi bo‘ladi.
Har doim bo‘lganidek, hozirda ham ushbu buyuk hadisi sharifni yaxshilab tushunishga, unga yaxshi amal qilishga juda ham muhtojmiz.
Halol nima ekanini bilib olib, doimo halolga etishish uchun harakat qilishimiz kerak. Harom nima ekanini yaxshilab bilib olib, doimo undan hazar qilishimiz lozim.
Shubhali narsalardan uzoqda bo‘lish juda ham zarur. Ulamolardan so‘rab-surushtirib, halolligi aniq bo‘lgan narsani o‘zimizga ravo ko‘rishimiz zarur.
Agar ulamolar shubhali narsalarning halolligiga fatvo bermasalar, unga mutlaqo yaqin yo‘lamasligimiz kerak. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar