Shubhali taom
Assalomu alaykum! Biz mol boqish orqali pul topamiz, hozirda u hayvonlarni emini olayotgan odamimizdan shubhalanyapmab bir ikkita belgilari u odam bu emlarni o‘g‘irlab olib kelib berayotgansek qilib ko‘rsatyapti. 1). Meni o‘sha mollarni sut yoki qatig‘idan istemol qilishim joizmi? 2). Yoki shu mollardan kelayotgan puldan ishlatish joizmi? O‘zim hali pul topishni boshlaganim yo‘q endi 16 yoshman 3). G‘iybatni kafforati haqida turli javoblar bor ekan, ba’zisida g‘iybat qilingan odam uchun isig‘for aytish kerak deyiladi boshqasida esa qaerda va kimni oldida g‘iybat qilingan bo‘lsa o‘sha erda sha’nini oqlash kerak deyiladi. Qaysi biri to‘g‘ri? O‘sha odamni oldiga borib roziligini olishni o‘zi ham kifoya qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Aniqlik kiriting. Gumon bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Agar haqiqatdan ham o‘g‘irlab sotayotgan bo‘lsa darhol to‘xtating.2). G‘IYBATNING KAFFOROTI G‘iybatchi bir yo‘la ikki haqqa nisbatan jinoyat qiladi:
1. Alloh taoloning haqqiga jinoyat qilgan bo‘ladi. Chunki u Alloh taolo qaytargan ishni qildi. Buning kafforoti tavba qilish bilan bo‘ladi.
2. Bandaning haqqiga jinoyat qilgan bo‘ladi.
Agar g‘iybat bandaning o‘ziga etgan bo‘lsa, g‘iybatchi uning oldiga borib, kechirim so‘rashi va nadomatini bildirishi lozim bo‘ladi.
Ulamolar: «Uning tavbasi to‘liq bo‘lishi uchun qaerda, qaysi majlisda g‘iybat qilgan bo‘lsa, o‘sha erda, o‘sha majlisda g‘iybat qilingan kishi haqida yaxshi gaplarni gapirishi kerak», deganlar.
Agar gap g‘iybat qilingan odamga etmagan bo‘lsa, tavba qilgan g‘iybatchi uning haqqiga istig‘for aytadi. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 13:11 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom