Kafforatni ado qilgan bo‘lamanmi?
Assalomu alaykum! Men sizlarga qasamni buzish kafforati xaqida savol bergandim, sizlardan javob keldi, bu uchun katta rahmat. Bitta odamni 10 kun ikki mahaldan taomlantirsangiz bo‘ladi, debsizlar. 1). Men bir juda kambag‘al odamga 10 kun ikki mahal taom pulini taxminan hisoblab, ichimda kafforot niyatni qilib bersam ado qilgan bo‘lamanmi? Ya’ni taom emas, taomning pulini bersam? 2). Bu ishni o‘sha odamga, ya’ni kambag‘al odamni o‘ziga bildirmasdan maxfiy ravishda bersam bo‘ladimi? Ya’ni pulni kim va nima maqsadda berganini u bilmay qolsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Birdaniga bersa faqat bir kunligi ado bo‘ladi, deyilgan gaplar bor. Shuning uchun bo‘lib-bo‘lib berasiz. 2). Niyat qilib, nimaligini aytmay bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar