Daraxtni changlatish haqida hadis
Assalomu alaykum! Bir kuni Payg‘ambarimiz s.a.v ko‘chada ketayotganlarida odamlar meva daraxtlarini qandaydir uslub bilan navlayotgan ekanlar. Shunda nabiyimiz buni ko‘rib “Nega bunday qilyapsizlar bunday qilmanglar” degan ekanlar. Keyin o‘sha yili shu meva xosili yaxshi bo‘lmagan ekan. Iltimos shu hadis sahih bo‘lsa uni to‘g‘ri va to‘liq shaklni aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Muslim Tolha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga xurmolar ustida turgan qavmning oldidan o‘tdim. Bas, u zot:
«Anavilar nima qilishmoqda?» dedilar.
«U(xurmo)ni changlatishmoqda, erkagini urg‘ochisiga qo‘shsa, changlanadi», dedim.
«Menimcha, undoq qilish biror foyda bermas, deb gumon qilaman», dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam. Haligi odamlarga buning xabari berildi. Bas, ular u(changlatish)ni tark qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu haqda xabar berilganda:
«Agar o‘sha narsa ularga manfaat bersa, uni qilaversinlar. Albatta, men bir gumon qildim, xolos. Gumon ila meni tutmanglar. Lekin qachon sizlarga Allohdan gapirsam, uni olinglar. Chunki men zinhor Alloh azza va jallaga nisbatan yolg‘on demasman», dedilar».
Imom Muslim Rofe’ ibn Xudayj roziyallohu anhudan yana quyidagilarni rivoyat qiladi:
«Payg‘ambar Madinaga kelganlarida, ular xurmoni changlatar edilar. Bas, u zot:
«Nima qilmoqdasizlar?» dedilar.
«Buni qilib yurar edik», deyishdi.
«Shoyad, qilmasangiz ham yaxshi bo‘lsa», dedilar. Ular tark qildilar. So‘ng (meva) nuqsonli bo‘ldi. Buni u zotga zikr qildilar. Shunda u zot:
«Albatta, men bir basharman. Qachonki, sizlarga diningizdan bo‘lgan narsani amr qilsam, uni oling. Qachonki, sizga o‘z ra’yimdan bo‘lgan narsani amr qilsam... Albatta, men bir basharman, xolos», dedilar». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 171 | Hadislar