Musofirlar uchun ro‘za

Assalomu alaykum! Javobingiz uchun oldindan raxmat. Barchamizga ma’lumki, 2-3 oylarda uyga qaytadigan, hozirda esa safarda yurgan yurtdoshlarimiz juda xam ko‘p. Ular safarda ro‘za tutishlari shartmi? Uyga qaytib kelgandan keyin tutib bersa ham bo‘ladimi? Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kishi bir joyda eng kami 15 kun turishni niyat qilsa, u muqimga aylanadi va zimmasiga ro‘za tutish farz bo‘ladi. Ular urfda musofir bo‘lsalar ham, shar’an musofir hisoblanmaydilar. Sahobai kirom roziyallohu anhumlar shunday issiq va mashaqqatli kunlarda ham siz aytgan holatlarda shariatga mahkam amal qilganlar. Shunda Alloh taolo ular haqida Qur’oni karimda : «Alloh ulardan rozi bo‘ldi...» Ya’ni Alloh taolo ularning bu dunyoda qilgan iymon-e’tiqod va toat-ibodatlaridan rozi bo‘ldi. «...ular ham Undan rozi bo‘ldilar». Ya’ni mo‘min bandalar ham o‘zlariga berilgan oliy martabalar va yaxshiliklar uchun Alloh taolodan rozi bo‘ldilar. «Bu Robbidan qo‘rqqanlar uchundir». Alloh taolo barchamizni Robbidan qo‘rqqanlardan qilsin. Omiyn!(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar