Material savdosi

Assalomu alaykum hurmatli ustoz! Olloh sizga hamisha yor bo‘lsin! Savol: meni ayollar uchun libos bezaklari savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konim bor. U erda sotilgan bezakli lentalar kesib sotiladi (m-n 20sm, 30sm, 1m...). Ko‘p hollarda haridorlar olgan narsasini materialga ya‘ni libos rangiga tushmadi deb qaytarib keladi, vaholanki u narsani o‘zi tanlab necha sm yoki metr kerak bo‘lsa o‘lchatib olib ketgan bo‘ladi. 1.Men ularga sotilgan narsalar sifati buzilganligi tufayli qaytarib olinmaydi deb oldindan aytib va qaytarib olmasam bo‘ladimi. (chunki qirqilgan narsani har kim ham olavermaydi, o‘sha o‘lcham yangi egasi topilguncha qoldiq bo‘lib qolib ketadi.) 2.Sotayotgan metrli lentalarni haridorga aytmasdan o‘zim rozi bo‘lib 1-2 sm qo‘shib bersam bo‘ladimi.3.Nasiyaga olgan mahsulotimni foydamni qo‘shib qarzimni uzmagan holatda men ham nasiyaga bersam bo‘ladimi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Bo‘ladi.2. Bo‘ladi.

6 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar