87-bob Surat chizuvchilarning qiyomat kuni azob chekmog‘i
Assalomu alaykum! Muslim rivoyat qiladilar: «Biz Masruq birlan birga Yasor ibn Numayrning uyida erdik. U suvasi ustidagi haykallarga qarar erkan: «Men Abdullohning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo dargohida qiyomat kuni eng qattiq azob chekuvchilar — surat chizuvchilardir!» — deganlarini eshitganman» deganidan voqifman», — dedi». Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu suratlarni chizuvchilar qiyomat kuni azob chekadilar. Ularga: «O‘zingiz yaratgan narsalarga jon ato etingiz!» — deyiladi», — dedilar». Adobe Photoshop , Adobe Indesign , Coreldraw, 3D Max va boshqa shu kabi programmalarda chizilgan suratlar ham fotomontaj ham shunga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsalarni chizish umumiy o‘sha hadis ostiga kiradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsalarni chizish umumiy o‘sha hadis ostiga kiradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar