Mashinada hayvonni urib yuborsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, men mashina xaydab yo‘lda ko‘p yuraman, ko‘p xollarda yo‘limdan mushuk itlar qushlar chiqadi. Ularni o‘zim bilmagan, xoxlamaganda urib yuboraman va ularni o‘lishiga yoki jaroxatlanishiga sababchi bo‘laman. Shu qilib qo‘ygan ishimga gunoxkor bo‘lib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizdan boshqa minglab balki milionlab kishilar mashina xaydashadi. Ularda bu narsa sodir bo‘lmaydi. O‘zingizni hisob kitob qilib ko‘ring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:26 | Savol-javoblar | 154 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar