Abort qildirish haqida
Assalomu alaykum! Avvalo oldindan savollarga javob berib, biz ilmi sust insonlarga nur-ziyo tarqatayotganingizga rahmatlar aytib qolaman. Ayolim jarroxlik usuli bilan farzandimizni dunyoga keltirgan edi. Vrachlar kamida 5 yil saqlanasilar degandi. Ammo hozir homilador bo‘lib qoldi. Vrachlar “tug‘ish mumkin emas, homilani oldirish kerak” deyishmoqda. Ayb o‘zimidaligini ham bilaman. Bunaqa bo‘lishini xohlamagandim. Endi nima qilishni bilmay qoldim. Shariat bunday hollarga qanday yo‘l tutishni buyurgan? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo shu holatga tushganlardan maslahat so‘ranglar. So‘ng bir necha diyonatli shifokorlar bilan ham maslahatlashing. Ularning barchasi homilani onaga zararligini aytishsa, homilaning a’zolari shakllanguncha oldirish joiz. Onaga zarar qilish aniq bo‘lsa homilani oldirish joiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:22 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush