Nikoh shartlari

Assalomu alaykum! 2 oy oldin uylandim. Imom domla nikoh o‘ish marosimida tushunchalarni bergandan so‘ng(mahr haqida ham kelishib olingan edik), bir erkak va ikki ayol guvohligida birinchi qizdan 3 marta roziligini so‘radi. qiz uyalganidan va hayajonlanganidan sukut saqladi(ovoz chiqarib bag‘ishladim deb javob bermadi va buni guvohlar ham eshitmadi). 3-marta so‘raganida yangasi qizni boshini egdi. keyin Domla mendan qabul qilganimni so‘radi men ovoz chiqarib qabul qilganimni ayttim guvohlar eshitdi. Keyin nikoh xutbasi o‘qildi. Yaqinda har hil manbalarga ko‘ra kitoblarda video ma’ruzalarda nikoh shartlarini eshitib o‘qib bilib ikkilanib qoldik.Gumon paydo bo‘ldi. Ba’zi hadislarda qiz bokiraligi uchun sukut saqlasa ham nikoh o‘qiladi,xotin kishi bo‘lsa ovoz chiqarib tasdiqlashi kerak deyilgan. Nikoh vaqtida qiz roziligini ovoz chiqarib bag‘ishladim deb aytmagan bo‘lsa ham(ya’ni bokiraligi uchun sukut saqlagan bo‘lsa ham) nikoh o‘qilsa o‘tadimi? To‘yimizga 1.5 oy bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytadan niqoh o‘qitib oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 201 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar