Oilamdagi muammo
Assalomu alaykum! Yoshim 22da Oilaliman Farzandim ham bor oila qurganimizga 2.5yil bo‘ldi ayolim va men juda yaxshi bir birimizni tushinib oldik ollohga shukurlar bulsin 2oydan ko‘proq buldi namoz uqishni ayolim bilan boshladik ayolimni o‘rantirdim. Meni qiynayotgan savol juda achinarli sekin sekin menga farz vojib bo‘lgan amallarni o‘rganib boryapman bu yoshimgacha hech narsa bilmas edim oilaviy muhitimiz ham achinarli ekan endi tushinib etdim dadam bilan ayam ajirashishkan ayam chetelda turmishga chiqishgan men ham oilam bilan 1yil buldi chet elga kelib ishlayapmiz kelganimdan keyin kup narsalarni tushinib etdim ayam 7yildan kuproq buldi chet eldalar turmush qurganiga 3yil bo‘ldi apam turmishga chiqib ajrashib keyin ayamni yoniga chetelga ishlash maqsadida keldi menham kelganimdan keyin judayam yomon ishlar qilishayotganini bildim kuproq apamni bildim faxsh ishlar qilyabdi ekan kelganimdan keyin judayam urishib talashishlarimiz kup bo‘lib ketdi bu yo‘llarda qaytishni hohlamaydi qanday yul tutishim joiz hozirgi holatimda yullar ochilsa qaytib ketmoqchiman apam O‘zbekistonda hozirda men qaytsam u yana turkiyaga qaytib kelaman diyapti onam bilan birgalikda turishadi onam qarshilig qilmas ekan qilayotgan ishlariga qaytib kelsa eski ishlarida davom etishi aniq dayuslik juda ham og‘ir gunoh ekan qanday yul tutay ollohim hidoyat qildi meni va ayolimni shukurlar bo‘lsin endi ibodat qilyapman lekin bu tarafda apamni ishlari uchun javobgar bo‘lyapman qanday yol tutsam apamni to‘g‘ri yulga solgani maruzalarda sabr bilan vaqt bilan tug‘rilanishi aytilyapti apam to‘g‘ri yo‘lga kelguncha gunohkor bolaveramanmi onam uchun ham gunohkor bolamanmi ochiq sochiq kiyinadilar. Olloh sizlardan rozi bo‘lsin rahmat iltimos kengroq qilib tushintirib bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Opangiz uchun siz javobgar bo‘lmaysiz. Itoatsiz xotinni xaydash, itoatsiz erdan ajrashish, yomon qo‘shnidan voz kechish, ibodat qilmaydigan opa-singid yoki aka-ukadan kechish va shu kabi ishlar juda oson, lekin bu chora emas. Biz dunyoga kelib hech bo‘lmasa o‘zimizni eng yaqin insonimizni hidoyat topishiga sababchi bo‘lishga harakat qilishimiz kerak. Buning uchun qo‘pol muomalada bo‘lishni hojati yo‘q. E’tibor bersangiz Alloh taolo Qur’oni karimda hayotda uchraydigan hamma variantlarini zikr qilgan. Ibrohim alayhissalom bilan mushrik otasi, fir’avn bilan mo‘mina ayoli, Nuh alayhissalom bilan kofira xotini, Qobil bilan itoatli Xobil akasi, Shuayb alayhissalomning ikki soliha qizlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan u zotga ashaddiy dushman bo‘lgan qo‘shnisi Abu Lahab va uning xotini, Iso alayhissalom va onasiga bo‘lgan munosabat, soliha ota-onaning kofir bo‘lgan o‘g‘liga bo‘lgan munosabati, podishoni ra’iyatga, ra’iyatning podishohga bo‘lgan munosabati hamma hammasini batafsil bayon qilingan. Ularda Qur’onda zikr qilinmaganlari hadislarda bayon qilingan. Sizni holatingiz ham solih erning itoatsiz ayol ko‘rinishiga tushar ekan. Siz Nuh alayhissalomning ayoliga qilgan muomalalarini o‘rganib chiqing. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu birinchi bo‘lib iymon keltirdilar. Qizlari Asmo onamizning onasi esa uzoq yillar iymon keltirmadi.
Siz va siz kabi yoshlarga nasihatimiz: hech bir inson xususan uzoq yillik botqoqda yurganlar sizni bir ikki bor qilgan nasihatingiz bilan o‘zgarib qolmaydi. Buni tushuning, siz o‘zingiz hidoyat topguningizcha qancha vaqt o‘tdi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Siz aslo ularga qo‘pol muomalada bo‘lmang, bahs munozara ham qilmang. Aksincha joiz bo‘lgan iltimoslarini dilidan muhabbat qilib yuboradigan darajada ado qilishga harakat qiling. O‘zi fosiq fojir bo‘lgan taqdirda ham sizni samimiyligingizni his qila olsin. Siz opam deb e’zozlashingizni his qilsin. Bir kun kelib siz kutgan holat ham albatta bo‘ladi. Opangiz haqqiga hidoyat so‘rab to‘xtamasdan duolar qiling hamda “Allohim Sen qaysi holatimga rozi bo‘lsang meni o‘shanga muvaffaq qilgin, hidoyatga solgin” deb duo qilishiga ko‘niring. Alloh taolo "Furqon" surasida marhamat qiladi: وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا20...Ba’zilaringizni ba’zilaringizga sinov qildik. Sabr qilarmikansizlar?! Robbing ko‘rib turuvchi(Zot)dir.
Sabrning mukofoti quyidagi “Oli Imron” surasidagi oyatda bayon qilingan. وَاللّهُ يُحِبُّ الصَّابِرِينَ146...Alloh sabrlilarni sevadir.
Allohga mahbub insonga aylanish bu cheksiz saodatku. Siz ko‘z yummayotganingizda opangizni shu cheksiz saodatdan mahrum qilayotganingiz xayolingizga ham kelmasa kerak. Aksincha siz bizni javobimizni opangizga etkazing. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush