Bilib turib indamaslik

Assalomu alaykum! Andijonlik tabib insonlarni dori darmonsiz tig‘siz davolar, odamlarning ichiga 33ta odami kirarmush va belgilangan muddat ichida davolarmush. Qaynonamni ham 7 marotaba kelib ketasan degan ekan, hozirda borib davolanmoqdalar. Biz qarshilik qilsak ranjiydilar. O‘zini tabib deb atayotgan inson ilohiy o‘lib tirilgan ekan. Bepul, duo uchun davolarmush. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on. Odamlarni axmoq qilib o‘ynayapti. U jinlar bilan aloqa qilsa o‘ta palid, o‘ta aqiydasi buzuq inson ekan. Unaqa tig‘siz davolaydiganlarni yuzlab ko‘rdik. Aqlsiz insonlarga aql kirgunicha rosa axmoq qilishdi. Afsus o‘shandek axmoq insonlar yana topilaverar ekan. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar