Qabristonda taomlanish
Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari. Javoblarni izlab qabristonlarni ziyorat qilish mumkin emasligini, faqat o‘limni eslab fikr yuritish, o‘tganlarni haqqiga duo qilishlik uchungina borish kerakligini bildim. Bizda Buvayda tumanida Galdir buva qabristonida yilda bir marotaba halq tili bilan aytganda "Mozor chopti" ya’ni qabristonlarni tozalashda aholidan pul yig‘ilib qo‘y so‘yiladi va tozalovga kelgan barcha odamlar o‘sha go‘shtdan qilingan taomlarni iste’mol qilishadi. Shu joizmi ? 2. Har yili turli hunarmand ustalari shu Galdir buva qabristonida yig‘ilib anjuman qilishadi bunda qo‘y so‘yishlarini bilmadimku lekin OSh qilib taomlanishadi. Bunga juma kunlari Juma namozida imomlarning ommaga keng ravishda aytishlarini tushunmadim. Ya’ni e’londa 3-sentyabrda duradgorlar, 5-sentyabrda temir ustalari va Ushbu juma namozida 16-sentyabr kuni novvoylar anjumani bo‘ladi deb aytildi. Shu joizmi? Agar shunday ishlar noto‘g‘ri bo‘lsa avvalambor imomlar buni bartaraf qilish kerakmasmi? Kelgusida yosh avlodlar ham noto‘g‘ri ishlarni ko‘rib, bularni davom ettirishmasmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan shaklda bo‘lsa, gunoh va shirkdan saqlanishsa, joiz. Quyidagi hadisda zikr qilingan ishga o‘tib ketishmasalar bo‘ldi. : عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: صَارَتِ الْأَوْثَانُ الَّتِي كَانَتْ فِي قَوْمِ نُوحٍ فِي الْعَرَبِ بَعْدُ، أَمَّا وَدٌّ كَانَتْ لِكَلْبٍ بِدَوْمَةِ الْجَنْدَلِ، وَأَمَّا سُوَاعٌ كَانَتْ لِهُذَيْلٍ، وَأَمَّا يَغُوثُ فَكَانَتْ لِمُرَادٍ ثُمَّ لِبَنِي غُطَيْفٍ بِالْجَوْفِ عِنْدَ سَبَا، وَأَمَّا يَعُوقُ فَكَانَتْ لِهَمْدَانَ، وَأَمَّا نَسْرٌ فَكَانَتْ لِحِمْيَرَ، لِآلِ ذِي الْكَلَاعِ. أَسْمَاءُ رِجَالٍ صَالِحِينَ مِنْ قَوْمِ نُوحٍ، فَلَمَّا هَلَكُوا أَوْحَى الشَّيْطَانُ إِلَى قَوْمِهِمْ أَنِ انْصِبُوا إِلَى مَجَالِسِهِمُ الَّتِي كَانُوا يَجْلِسُونَ أَنْصَابًا، وَسَمُّوهَا بِأَسْمَائِهِمْ فَفَعَلُوا فَلَمْ تُعْبَدْ حَتَّى إِذَا هَلَكَ أُولَئِكَ وَتَنَسَّخَ الْعِلْمُ عُبِدَتْ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nuh qavmidagi butlar keyinchalik arablarga o‘tdi. Vudd* Davmatul Jandaldagi* Kalbga tegishli edi. Suvo‘ Huzaylniki, Yag‘us esa Murodniki, keyinchalik Saboning Javfidagi Banu G‘utayfniki bo‘ldi. Ammo Ya’uq Xamadonniki, Nasr esa Himyarniki, Zulkilo‘niki edi. (Bular) Nuh qavmidagi solih kishilarning ismlari bo‘lib, vafot etishgach, shayton ularning qavmlariga «Ular o‘tirgan joylarga timsollar tiklab, o‘shalarning nomlari bilan nomlanglar», deb vasvasa qildi. Ular shunday qilishdi. Ammo ularga ibodat qilinmadi. Nihoyat, anavilar halok bo‘lib, ilm yo‘qolgach, ularga ibodat qilindi».
* Vudd – mashhurrog‘i Vadd. Suvo‘, Yag‘us, Ya’uq va Nasr – Nuh alayhissalomning qavmi ibodat qilgan butlarning ismlari. Barchasi Nuh surasida zikr qilingan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo mazkur butlarning qaysi qabilalarga tegishli bo‘lgani, qaysi qabilalar ularni o‘zlariga iloh tutib olgani haqida aytmoqda.
* Davmatul Jandal – Duvmatul Jandal ham deyiladi. Hozirgi Saudiya Arabistonining shimolida joylashgan qadimiy shahar. Makkai Mukarramadan taxminan 1220 km uzoqlikda. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar