Bolani birovga berish
Assalomu alaykum.Men uylanganman uch nafar farzandim bor. Lekin bojamda (xotinimning singlisini eri) bir necha yildan beri farzand bulmayapti. Uzi ibodatli yaxshi bola. Doktorlar urugini tekshirib "umid yuk"ligini aytishipti. Shuning uchun xozir ular bola asrab olishni xoxlashyapti. Xotinim menga "singlimga tugib beraman, oilasi ajrab ketmasin"- deyapti. Men "etimxonadan bola olib tarbiyalashsin" desam, u erda nasl-nasabi noma’lum, zinodan tugilgan bolalar borligi uchun ular xoxlashmayapti deyapti. Bulmasa ular ajrashib ketmokchi ekan. Sizga kuyidagi savol bilan murojaat kilmokchiman:1. Ota-onasi sog-salomat, farzandni bokishga kurbi etgan xolda farzandini birovga bokishga berish mumkinmi?2. Umuman birovga berish niyatida farzand kurish mumkinmi?3. Doktorlarni "umid yuk" degan gaplariga e’tibor bermasdan Alloxdan umid kilib turmushlarni davom ettirganlari yaxshimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Siz aytgangu o‘xshash holatda o‘zlarining ishi.2. Bu ham avvalgiga o‘xshash narsa.3. Noumid shayton.Boshqa bolani boqib olish mumkin. Uning asli qandayligining ahamiyati yo‘q. Zinodan bo‘lgani aniq bo‘lsa ham, bo‘laveradi. Bolada ayb bo‘lmaydi.
28 Aprel 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush