Kunga lanat aytish

Assalomu alaykum! Biz bilamiz dinimizda lanatlash yo‘q. Lekin xozirgi kunda televizorda xattoki oiladayam bunday xolatlar ko‘payib qolgan, yani “seni uchratgan kunimga lanatlar bo‘lsin” degan so‘z. Buni dinimizda xukmi qanday va bunday so‘z aytgan inson Allohning qadariga rozi emasligidan dalolat bermidimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abu Huraryra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh alayhissalom hadisi qudsiyda “Zamonni so‘kmangiz, chunki Men o‘zi zamondirman (ya’ni, u zamon qonun va qoidalarini yaratganman” deganlar. Kun, kecha, vaqt kabi narslarni haqorat qilish, lanatlash aslo joiz emas. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ تَعَالَى: يَسُبُّ بَنُو آدَمَ الدَّهْرَ وَأَنَا الدَّهْرُ بِيَدِي اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo «Odam bolasi zamonni so‘kadir. Holbuki, zamon Menman. Kecha-kunduz qo‘limdadir», deydi», dedilar».
وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَقُولُ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ: يُؤْذِينِي ابْنُ آدَمَ يَسُبُّ الدَّهْرَ وَأَنَا الدَّهْرُ أُقَلِّبُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ. رَوَاهُمَا الثَّلَاثَةُ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla «Odam bolasi davrni so‘kib, Menga ozor beradir. Holbuki, davr Menman. Kecha-kunduzni aylantirurman», deydi», dedilar».
Ikki hadisni uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: «Zamon Menman, zamonning yaratuvchisi Menman. Shuning uchun zamonni, davrni so‘kkan Meni so‘kkan bo‘ladi».  وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ: يُؤْذِينِي ابْنُ آدَمَ يَقُولُ يَا خَيْبَةَ الدَّهْرِ، فَلَا يَقُولَنَّ أَحَدُكُمْ يَا خَيْبَةَ الدَّهْرِ، فَإِنِّي أَنَا الدَّهْرُ أُقَلِّبُ لَيْلَهُ وَنَهَارَهُ فَإِذَا شِئْتُ قَبَضْتُهُمَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالْإِمَامُ أَحْمَدُ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla «Odam bolasi «Davr qurisin», deb Menga ozor beradir. Birortangiz zinhor «Davr qurisin», demasin. Chunki davr Menman. Kechani va kunduzni aylantirurman. Qachon istasam, ikkisini qabz qilurman», deydi», dedilar».
Muslim va imom Ahmad rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar