Tarixiy joylarga sayoxatga borish xaqida
Assalomu alaykum! Yaqinda Misrga ish bilan borgandik. Shu orada tarixiy joylariga, xususan Piramidaga ham bordik va rasmga tushdik. Shunda bir tanishimiz bunaqa joylarga borish joizmas deb qoldilar va hadisda kelgan dedilar. Hadisda kelgani bilan fuqaholar hukmida hukmi qanday, nimaga fatvo berilgan degim keldiyu gapni ko‘paytirmadim. Bunin hukmi haqida Izlash xizmatidan javob topolmadim. Bu gap boshqa tanishlarimizda ham uchraganligi sabab savolni umumiy berishga qaror qildim. Savol: Musulmon inson boshqa diyorlarga ish yoki sayohat yuazasidan borganda, o‘sha yurtdagi sayyohlarni jalb etadigan yoki tarixiy yodgorliklariga borish va rasmlarga tushishida shariatda qandaydir qoidalar bormi? Borish Joiz- nojoizlik yuzasidan. Tabiyki musulmon inson e’tiqodan o‘sha joylarni ulug‘lab madh etishmas, balkim tafakkur qilish yoki, oddiy, borganligidan esdalik deb qabul qilsa. O‘z - o‘zidan halol-harom, isrof, ijtimoiy odoblarga rioya qilgan xolda albatta.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Ayniqsa ibrat manosida bo‘lsa, mumkin. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing
https://fiqh.uz/maqola/598
10 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 142 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Ayniqsa ibrat manosida bo‘lsa, mumkin. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing
https://fiqh.uz/maqola/598
10 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 142 | Aqiyda