Ruqiya o‘qitmagan

Assalomu alaykum! Ustozlar, Hadisdan tushunishimcha 70000 odam va uni yana 70000 ga ko‘paytirilgan miqdoricha musulmon jannatga hisobsiz kirar ekan. Ularning fazilatlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarida: Ruqiya talab qilmaydiganlar 2.Badanini kuydirib davolamaganlar. 3.Shumlanmanganlar. 4. Alloh taolo tavakkul qiladiganlar shular ularning fazilatlari ekanini tushundim. Ustozlar agar shu hisobsiz kiruvchilar qatorida bo‘lmoqchi bo‘lgan odam (ruqiya, dam solish mumkin bo‘lsada) boshqa ruqiya talab qilmasa, ruqiya talab qilganlardan bo‘la oladimi? Va ustozlar oldin bilib bilmay shumlangan bo‘lsa tavba qilsa shumlanmaganlardan va jannatga hisobsiz kiradiganlarda bo‘la oldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Muhtarama singlimiz, hamma musulmon hisobsiz jannatga kirishni xohlaydi. O‘zi qilib yurgan qaysidir amallarini o‘sha maqomga sabab bo‘lsa kerak ham deb ba’zilar umid qilsa ba’zilar davo ham qilib qo‘yadi. Aslida ulardan bo‘lish Allohning fazlidir. Afsus bizning holimiz esa arab maqollarida keltirilgan “A’robiy ikki rak’at namoz o‘qib Allohdan vahiy nozil bo‘lishini kuta boshladi” deganga o‘xshaydi. Shunday bo‘lsada barchamizning o‘shalarning safida bo‘lishga imkonimiz bor. Ruqiya talab qilishdan murod hozirgi kunda urf bo‘lgan folbin va noshar’iy dam soluvchi, jinlar bilan aloqa qilib bobolarim momolarim bor deb davo qiluvchilar huzuriga borishdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar