Masalhat bering Ustoz!

Assalomu alaykum wr wb hurmatli Ustoz!!! Sizni doim shaxsiy muommolarimiz bilan bezovta qilib savollar berganimiz uchun sizdan uzr so‘raymiz. Ustoz bir muammolik holat yuzasidan maslahatizga muhtojmiz... Ukamni bir davlat ishiga tanish kishi orqali joylamoqchi bo‘lgan edik... Ukamning ish jarayoni ishxona boshlig‘iga rahbariga yoqdi... Sababi ukam shu mutaxasislik bo‘yicha bitirgan edi. Bu ishga ukamdan oldin 20 gan yaqin kishi kelib boshliq suhbatidan o‘ta olmagan ekan... Lekin endi bir narsa o‘rtadagi kishi y‘ani rahbarga ukamni tavsiya etgan kishi pora so‘rayapti... Ishxona rahbari bundan bexabar... Ukamga o‘rtaga pora aralashtirib ishga joylashishni xohlamagani uchun bu ishga joylashmoqchi emas. Endi ukam rahbarga nima deb aytishni bilmay turibdi. Eplolmadim desa yolg‘on gapirgan bo‘ladi, rahbari ham ishonmaydi. Ustoz ukam rahbariga nima deb aytgani yaxshi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin, umrizni barokatlik qilsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘risini aytsin.

6 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar