Taloqdan keyin ham yashash

Assalomu alaykum! Erim manda uch taloqsan deb aytganlar. Biz nixok o‘qitgani bordik lekin domla o‘qimadila. Boshqa domlaga bordik. Shunda xo‘jayinim menga uch taloq emas qo‘ydim deganlar deb ayt deb menga o‘rgatdilar. Shunda domla bizga nixoh o‘qib qo‘ydi. Bu domla o‘qigan nikoxlari o‘tadimi. 4 yildan beri jinsiy yaqinligimiza yo‘q. Shu uyda bollarim uchun yashasam bo‘ladimi? Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bilan o‘zlaringizni aldabsizlar xolos. Sizlarga o‘sha uch taloqdan keyin birga yashashlaringizga yo‘l qolmagan. Bu uyda u odam bilan yashashda fitnani va zinoni xavfi bo‘ladi, bundan uzoq bo‘lish uchun begona bo‘lganingiz sabab alohida yashashga o‘tinglar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:37 | Savol-javoblar | 189 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar