Mutashobih oyatlar

Assalomu-alaykum! Bugungi kunimizni salafiylari Alloh taoloning qo‘lini haqiqiy deb tushunamiz deyapti. Biz moturidiylar Allohning qo‘li bor. Uni ma’nosini Allohga topshiramiz deymiz. Qo‘lning ma’nosi deyilganda nima tushuniladi umuman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahobalar, tobe’inlar va taba’-tobe’inlar ushbu kabi oyat va hadislarni “Mutashobih oyat va hadislardir. Alloh taolo O‘ziga nimani isbot qilgan bo‘lsa, biz ham ularni isbot qilamiz va ularni haqligiga iymon keltiramiz, “Yad, vajh, istivo”dan Alloh nimani iroda qilgan bo‘lsa ilmini Allohning O‘ziga havola qilamiz. Allohning O‘ziga yarasha qo‘li bor, yuzi bor deb ham aytmaymiz” deganlar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar