Proektga qatnmashmasam ham olishim joizmi?
Assalomu alaykum! Men Janubiy Koreyada magistraturada o‘qiyman. Bu erda stipendiya olish uchun professorlar bilan birga proektga qatnashish kerak. Men ham proektga qatnashdim va 3 oy davomida stipendiya oldim. Lekin o‘rtada professorim universitetga 8 oy kelmaganligi sababli, stipendiya olmadim. Hozir professorim qaytib keldi va 8 oylik stipendiyani bermoqchi, lekin shu 8 oy davomida proektga aloqador ish qilmadim. Proekt uchun esa mablag‘ ajratilgan va bu pul meni nomimga registratsiya qilingan. Bu pulni qaytarishni iloji yo‘q. Shu pullar halolmi? Agarda halol bo‘lmasa bu pullarni nima qilsam bo‘ladi? Javobingiz uchun katta rahmat. Iltimos, savolimni javobsiz qoldirmang.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz u pulning egasi hisoblanmaysiz. Olishga ham, faqir-miskinlarga tarqatishga ham haqqingiz yo‘q. Agar uni olgan bo‘lsangiz egasiga qaytarishingiz lozim. Agar buni iloji bo‘lmasa o‘sha pulga yarasha qo‘shimcha ishlab berishingiz shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:53 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom