Nasixat
Muhtarama opaMen ayolim bilan 9 oydan ziyod yashab kelmoqdamiz, shu vaqt ichida ancha - muncha janjallar xam bo‘ldi oramizda.Alxamdulillah o‘zi namoz, ro‘zaga maxkam lekin goxida juda xafa bulib ketaman. Nasixat qisam o‘zinikini ma’qul qilib man bilan talashaveradi, o‘zi talashishni yaxshi ko‘radi, yana telefon orqali juda ko‘p gaplashadi uydagilari bilan, isrof qilavermang deb charchadim. Bir kun juda qattiq urishib qoludik, ustozim rosa nasixat qildalar "Sizga u amonat aziyatlariga chidashingiz kerak, bugunoq borib yarashing, kerak bo‘lsa uzr sarang" degandilar borib aytganlarini qildim, yana yaxshi bo‘lib kettik. Keyinchalik sal urush chiqsa xam uzr so‘rab qo‘yaveradigan bo‘lib qoldim. Endi nasixatga parvo qilmaydigan, nasixat qilishga xam xayiqadigan bo‘lib qoldim, ko‘ngliga tegmasin, yana urush boshlanmasin deydigan bo‘lib qoldim. To‘g‘risi qanday tarbiya berishga xayronmanNasixatingizga muxtojmiz...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
ustozingiz to‘g‘ri aytibdilar. ayolingizning ozoriga chidasangiz ko‘p ajr olasiz. siz avvalam bor o‘zingizni ko‘p siqmang. hali hech qancha yashamabsizlar. Allohdan umid qiling. hammasi yaxshi bo‘ladi, inshaalloh.ayolingiz yosh, hali mag‘rur. vaqt o‘tishi bilan tushunib qoladi. hozirgi yoshlar shunaqa. sababi onalarning o‘zi tarbiya beradigan holatda emas. erkaklarga eng yaxshi maslahat, er ayoldan har tamonlama ustun bo‘lishi kerak. og‘ir bo‘lib, ayoli bilan tenglashishi kerak emas. maqomini ushlab turishi kerak. shunda har qanday ayol xohlasa yu xohlamasa, bora bora erini hurmat qilishga majbur bo‘ladi. nasihatlaringiz zoe ketayotgan bo‘lsa, nasihat qilmang. hali bir kun o‘zi nasihat qiling deydi.
3 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 141 | Ayollarga oid masalalar