Masbuq xususida savol

Assalomu alaykum! Shom namozida men jamoatga birinchi niyat qilib "Allohu akbar" deb kuloq qoqdim va sano aytdib uchinchi rakatga qo‘shildim. Qa’dada o‘tirib yolg‘iz "Attahiyat"ni uqidim va imom salom berishini kutib o‘tirdim. Imom o‘ng tarafga salom berganida men salom bermadim, chap tarafga salom berganida darxol "Allohu akbar" deb o‘rnimdan turib qoldirgan ikki rakatlarni o‘qiy boshladim. Avvalgi rakatda sajdaga borgandan so‘ng o‘tirib yana "Attaxiyat"ni o‘qidim, keyin turib so‘ngi rakatni o‘qigandan so‘ng "Attaxiyat" Solli va borik duolarni o‘qib salom berib namozimni tugatdim. Ikkala rakatda Fotiha surasidan keyin zam sura qo‘shib aytdim. Xammasini to‘g‘ri qildimmi? 

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilar ekansiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 179 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar