Haq olishi
Assalomu alaykum! Ba’zi to‘g‘ri e’tiqoddagi duoxonlar oldiga borgan bemor va umidvorlardan 500 yoki 600000 miqdorida pul talab qilishyapti. Bu xato ishdan ularni qanday qaytarsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَهْطًا مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم انْطَلَقُوا فِي سَفْرَةٍ سَافَرُوهَا، حَتَّى نَزَلُوا بِحَيٍّ مِنْ أَحْيَاءِ الْعَرَبِ فَاسْتَضَافُوهُمْ فَأَبَوْا أَنْ يُضَيِّفُوهُمْ، فَلُدِغَ سَيِّدُ ذَلِكَ الْحَيِّ فَسَعَوْا لَهُ بِكُلِّ شَيْءٍ لَا يَنْفَعُهُ، فَقَالَ بَعْضُهُمْ: لَوْ أَتَيْتُمْ هَؤُلَاءِ الرَّهْطَ الَّذِينَ نَزَلُوا لَعَلَّهُ أَنْ يَكُونَ عِنْدَ بَعْضِهِمْ شَيْءٌ، فَأَتَوْهُمْ فَقَالُوا: إِنَّ سَيِّدَنَا لُدِغَ، فَسَعَيْنَا لَهُ بِكُلِّ شَيْءٍ فَلَمْ يَنْفَعْهُ، فَهَلْ عِنْدَ أَحَدٍ مِنْكُمْ شَيْءٌ؟ فَقَالَ بَعْضُهُمْ: نَعَمْ، إِنِّي وَاللهِ لَرَاقٍ، وَلَكِنْ وَاللهِ لَقَدِ اسْتَضَفْنَاكُمْ فَلَمْ تُضَيِّفُونَا، فَمَا أَنَا بِرَاقٍ لَكُمْ حَتَّى تَجْعَلُوا لَنَا جُعْلًا، فَصَالَحُوهُمْ عَلَى قَطِيعٍ مِنَ الْغَنَمِ، فَانْطَلَقَ فَجَعَلَ يَتْفُلُ عَلَيْهِ وَيَقْرَأُ الْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ، فَكَأَنَّمَا نُشِطَ مِنْ عِقَالٍ، فَانْطَلَقَ يَمْشِي مَا بِهِ قَلَبَةٌ، قَالَ: فَأَوْفَوْهُمْ جُعْلَهُمِ الَّذِي صَالَحُوهُمْ عَلَيْهِ، فَقَالَ بَعْضُهُمُ: اقْسِمُوا، فَقَالَ الَّذِي رَقَى: لَا تَفْعَلُوا حَتَّى نَأْتِيَ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَنَذْكُرَ لَهُ الَّذِي كَانَ فَنَنْظُرَ مَا يَأْمُرُنَا، فَقَدِمُوا عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَذَكَرُوا لَهُ، فَقَالَ: وَمَا يُدْرِيكَ أَنَّهَا رُقْيَةٌ؟ أَصَبْتُمُ اقْسِمُوا وَاضْرِبُوا لِي مَعَكُمْ بِسَهْمٍ. وَفِي رِوَايَةٍ: فَكَرِهَ بَعْضُهُمْ ذَلِكَ، وَقَالُوا: أَخَذْتَ عَلَى كِتَابِ اللهِ أَجْرًا، حَتَّى قَدِمُوا الْمَدِينَةَ فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَخَذَ عَلَى كِتَابِ اللهِ أَجْرًا، فَقَالَ: إِنَّ أَحَقَّ مَا أَخَذْتُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا كِتَابُ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir guruhi safarlaridan birida jo‘nab ketdilar. Arab mahallalaridan biriga tushdilar. Uning ahlidan o‘zlariga ziyofat berishini so‘radilar. Ular ziyofat berishdan bosh tortdilar. Shu payt o‘sha mahallaning boshlig‘ini chayon chaqib oldi. Unga har narsa qilib ko‘rishdi. Hech narsa naf bermadi. Shunda ulardan ba’zilari: «Anavi kelgan guruhning oldiga borsangiz, ehtimol, ulardan birortasidan biror narsa chiqar», dedi. Ularning oldilariga borib: «Boshlig‘imizni chayon chaqib oldi. Unga har narsa qilib ko‘rdik. Hech narsa foyda bermadi. Sizlarning birortangizda bir narsa bormi?» dedilar. «Bor. Allohga qasamki, men dam solaman. Lekin sizlardan bizni ziyofat qilishingizni so‘rasak, ziyofat qilmadingiz. Bizga bir haq tayin qilmaguningizcha, dam solmayman», dedi qavmdan bir kishi. Bir qancha qo‘yga kelishishdi. U borib «Alhamdu lillahi robbil olamiyn»ni o‘qib, dam sola boshladi. (Bemor) xuddi bog‘lovi echilgandek, harakatga tushib ketdi.. Ularning ba’zilari: «Bo‘lishib olinglar», deyishdi. Ammo dam solgan kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, bo‘lgan narsani aytmagunimizcha hech narsa qilmay turinglar. Ko‘raylik-chi, bizlarni nimaga amr qilar ekanlar», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganlarida o‘sha narsani zikr qildilar. Shunda u zot: «Uning dam ekanligini senga kim bildirdi? To‘g‘ri qilibsizlar. Taqsimlab olaveringlar. Menga ham bir ulush beringlar», dedilar». Boshqa bir rivoyatda quyidagilar ham bor: «…Bas, ularning ba’zilariga bu yoqmadi. «Allohning Kitobi uchun haq olding», dedilar. Madinaga kelganlarida: «Ey Allohning Rasuli, Allohning Kitobi uchun haq oldi», dedilar. Shunda u zot: «Siz haq oladigan narsalarning eng haqlisi Alloh azza va jallaning Kitobidir», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifni oldin ham bir hadisning sharhida keltirgan va ba’zi mulohazalarni qisqa shaklda aytib o‘tgan edik. Endi Alloh taoloning yordami ila mufassal so‘z yuritsak ham bo‘ladi. Bu hadisi sharif ulug‘ sahobiy Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Hikoyadagi bosh qahramon, mazkur sahobalar guruhining boshlig‘i va dam solgan odam ham xuddi shu zotning o‘zlari. «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir guruhi safarga chiqdilar». Mazkur safarga chiqqan sahobalar guruhining soni o‘ttiz kishidan iborat bo‘lgan ekan. «Arab mahallalaridan biriga tushdilar. Uning ahlidan o‘zlariga ziyofat berishini so‘radilar. Ular ziyofat berishdan bosh tortdilar». Boshqa rivoyatlarda ta’kidlanishicha, o‘sha mahalla suv bor joyda ekan. Ammo mahalla ahli baxil odamlar bo‘lib, muhtoj musofirlarning o‘zlari mehmondorchilik qilib berishlarini so‘rashsa ham, ularga hech narsa berishmabdi. «Shu payt o‘sha mahallaning boshlig‘ini chayon chaqib oldi. Unga har narsa qilib ko‘rishdi. Hech narsa naf bermadi». Alloh taolo sahobalarga iltifot ko‘rsatmagan baxil qavmga bir dars bo‘lishi uchun shunday qilgan bo‘lsa, ajab emas. Boshlig‘i azob chekib turganda o‘zlarining baxillik qilganlari ham to‘siq bo‘lmay, sahobalar guruhiga yuzlanishga qaror qildilar. « Shunda ulardan ba’zilari: «Anavi kelgan guruhning oldiga borsangiz, ehtimol, ulardan birortasidan biror narsa chiqar», dedi». Ha, ular noiloj qolganda kekkayishni ham yig‘ishtirib qo‘yishdi. «Ularning oldilariga borib: «Boshlig‘imizni chayon chaqib oldi. Unga har narsa qilib ko‘rdik. Hech narsa foyda bermadi. Sizlarning birortangizda bir narsa bormi?» dedilar. Ya’ni «Ichingizda chayon chaqqanga qarshi biror chora ko‘rishni biladigan odam bormi? «Bor. Allohga qasamki, men dam solaman. Lekin sizlardan bizni ziyofat qilishingizni so‘rasak, ziyofat qilmadingiz. Bizga bir haq tayin qilmaguningizcha, dam solmayman», dedi qavmdan bir kishi». O‘sha kishi Abu Sa’iyd al-Xudriyning o‘zlari, lekin rivoyat qilayotib, kamtarlik yuzasidan «Men», deyishni o‘zlariga ep ko‘rmadilar. U kishi baxillarga o‘ziga yarasha muomala qildilar, ya’ni yo‘lda och qolib, taom so‘raganlarida baxillik qilganlarini o‘zlariga eslatdilar. Shunday qilib, orada muzokara boshlandi. Bir taraf birni aytdi, ikkinchi taraf ikkini aytdi va oxiri... «Bir qancha qo‘yga kelishishdi». Boshqa rivoyatlardagi ma’lumotlarga qaraganda, ular o‘ttiz dona qo‘yga kelishishgan. Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhu chayon chaqqan mahalla boshlig‘iga dam urib qo‘yadigan bo‘ldilar. Mahalla ahli bu ishning evaziga o‘ttiz dona qo‘y beradigan bo‘ldilar. «U borib «Alhamdu lillahi robbil olamiyn»ni o‘qib, dam sola boshladi». Kelishuv bitganidan keyin Abu Sa’iyd al-Xudriy mahalla boshlig‘iga dam solishni boshladilar. U kishining damlari «Fotiha» surasidan iborat edi. Dam solish oxiriga etar-etmas: «(Bemor) xuddi bog‘lovi echilgandek, harakatga tushib ketdi». Hozirgina ko‘ziga dunyo tor ko‘rinib turgan mahalla boshlig‘i Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyalohu anhuning «Fotiha» surasini o‘qib, dam solishlari bilan soppa-sog‘ bo‘lib qoldi. Bu baxil boshliq birdan sog‘ayganini bilgach, saxiyligi tutib ketdi. «Hech dard ko‘rmagandek yurib turib: «Ularga kelishilgan haqni to‘liq qilib beringlar», dedi u o‘z odamlariga». Ular boshliqlarining tuzalib qolganidan xursand bo‘lib, kelishilgan o‘ttizta qo‘yni to‘liq berdilar. Birdan shuncha adad qo‘yga ega bo‘lib qolgan sahobalar guruhi esa mazkur qo‘ylarni nima qilish haqida maslahat qila boshladilar. «Ularning ba’zilari: «Bo‘lishib olinglar», deyishdi». Ya’ni «Qo‘ylarni guruh a’zolari o‘zaro bo‘lishib olaylik, u qavm o‘zi rozi bo‘lib berdi», deyishdi. « Ammo dam solgan kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, bo‘lgan narsani aytmagunimizcha hech narsa qilmay turinglar. Ko‘raylik-chi, bizlarni nimaga amr qilar ekanlar», dedi. Chunki hozirgacha hech kim chayon chaqqan odamga Qur’oni Karimdan o‘qib, dam solib, haq olmagan edi. Bu ish shariat hukmiga to‘g‘ri keladimi, yo‘qmi, hech kim bilmas edi. Bunday narsalarni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlaridan so‘rash lozimligini Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhu yaxshi bilar edilar. Shuning uchun o‘z sheriklarini bu masalada shoshilmaslikka chaqirdilar. Boshqa rivoyatda zikr qilingan ma’lumotga ko‘ra, Abu Sa’iyd al-Xudriyning sheriklaridan ba’zilari «Qur’oni Karim uchun haq olib bo‘lmaydi», degan tushunchada bo‘lganlar. «…Bas, ularning ba’zilariga bu yoqmadi. «Allohning Kitobi uchun haq olding», dedilar». Ular nafaqat bo‘lib olishga, balki umuman, haq olishga qarshi chiqdilar. Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhuning takliflari bilan masalani hal qilish kechga surildi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganlarida o‘sha narsani zikr qildilar». Ya’ni bo‘lib o‘tgan qissani bir boshdan so‘zlab berdilar. «Shunda u zot: «Uning dam ekanligini senga kim bildirdi?» Ya’ni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Sa’iyd al-Xudriyga «Senga «Fotiha» dam solish uchun o‘qilishini kim bildirdi?» dedilar. Bundan avval dam solish uchun «Fotiha»ni o‘qish mashhur bo‘lmagani kelib chiqadi. Ke¬yin u zot ashoblariga xitob qilib: «To‘g‘ri qilibsizlar. Taqsimlab olaveringlar. Menga ham bir ulush beringlar», dedilar». Ya’ni «Dam solganlik uchun qo‘ylarni olib, to‘g‘ri qilibsizlar», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Siz haq oladigan narsalarning eng haqlisi Alloh azza va jallaning Kitobidir», dedilar». Jumhuri ulamolar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlarini dalil qilib, «Qur’oni Karimni o‘qigani uchun haq olsa joiz», deganlar. Ba’zi ulamolar «Bu gapga imom Abu Hanifa va imom Ahmad qo‘shilmagan», deydilar. Hanafiy ulamolar esa «Imom Abu Hanifa «Qur’oni Karimni o‘rgatish uchun haq olish joiz emas», deganlar. Dam solganda haq olish joizligiga u kishi ham qo‘shiladilar», deb ta’kidlaydilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 160 | Duolar